Adabiy muhit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adabiy muhit — ijodiy muhit. Muayyan joyda yashab ijod etgan yirik shoir va adiblar taʼsirida yuzaga keladi. Adabiy muhitning vujudga kelishi albatta yirik ijodkorlar faoliyati, ular yaratgan ijodiy maktablar bilan bogʻliqdir. Masalan, Hirot Adm. (Lutfiy, Navoiy, Jomiy va boshqalar), Qoʻqon Adabiy muhit (Gulxaniy, Maxmur, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Xaziniy va boshqalar) yirik shoirlar faoliyati, ijodiy taʼsirida yuzaga kelgan. Adabiy muhit adabiy oqimlar va yoʻnalishlardan farq qiladi. Bir Adabiy muhitda bir necha okim va yoʻnalish boʻlishi mumkin. Adabiy muhit boshqa joylardagi adib va shoirlardan Uziga xosligi, ijodiy alohidaligi, badiiy fikrlash tarzidagi betakrorligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xiva, Qoʻqon, Andijon, Shahrixon Adabiy muhit mavjud boʻlib, ularning yetuk vakillari yaratgan asarlar oʻzbek adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil