Qitʼa (lirik janr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qitʼa (arab. — boʻlak, qism, parcha) — mumtoz adabiyotda lirik janr. Sheʼriy shakl sifatida qasida va gʻazaldan oldin paydo boʻlgan. Tuzilishiga koʻra, gazalga yaqin turadi, lekin Q.da matlaʼ qofiyalanmaydi (ab. vb, gb...), hajmi ham qatʼiy emas, mazmun talabiga koʻra, ikki bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha) boʻlishi mumkin. Har bir Q. yaxlit asar boʻlib, biron mavzuga bagʻishlanadi. Boshqa lirik janrlarga nisbatan Q.da shakl va mazmun erkinligi ustun, mavzu doirasi ham keng. Unda ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy axloqiy-taʼlimiy va boshqa mazmundagi fikrlar hajv va hazilmutoyiba tarzida, shoir hayotining turli lahzalari bilan bogʻliq qayd va mulohazalar sifatida oʻz ifodasini topishi mumkin.

Fors-tojik adabiyotida Q.ning dastlabki namunalari Rudakiy ijodida koʻrinadi. Uning janr taraqqiyoti va takomilida fors shoiri Avhadiddin Anvariy (1190 yil v. e.) va Ibn Yamin Faryumodiyning xizmati katta.

Oʻzbek adabiyotida Q.ning ilk namunalari "Devonu lugotit turk"da, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa ijodida uchrasa-da, uning taraqqiyoti Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Q. dan hech kim Navoiychalik samarali foydalana olgan emas. U eng koʻp Q. yozgan Ibn Yaminning ilgʻor anʼanalarini oʻz davri sharoitiga bogʻlab rivojlantirgan, Q.ni oʻzbek adabiyotida mustaqil janr darajasiga koʻtargan. 1619-asrlarda Bobur, Poshshoxoja, Munis Xorazmiy, Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy, Shukuriy Fargʻoniy, Ogahiy, Miriy, Avaz Oʻtar, Almaiy va boshqa shoirlar Naioiy anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek qitʼanavisligiga hissa qoʻshdilar. Habibiy, Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Chustiy, Charxiy, E. Vohidov va boshqalar Q.lar yaratishgan. Hozir Q.lar barmoq vaznida ham yozilmoqda.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976; Adabiy tur va janrlar |3 j.li|, 2-j.. T.. 1992.