Kontent qismiga oʻtish

Abu Tohirxoja Samarqandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Tohirxoja Samarqandiy (Mir Abu Tohir ibn Qozi Abu Saʼid Sadr Samarqandiy) (1800-1874) — tarixchi.

1868-yilgacha Samarqandda yashagan, kein Karmanaga koʻchib ketgan.

Axloqqa oid „Axloqi Muzaffariy“ („Muzaffar axloqi“) asari Buxoro amiri Muzaffarga bagʻishlangan. Unda Muzaffarning axloqiy qarashlari va yurish-turishlari bayon qilingan. „Samariya“ asarida Samarqandning qadimgi davrdan to 19-asr gacha boʻlgan tarixi tasvirlangan.[1]

  1. „Abu Tohirxoja Samarqandiy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.