Bobur milliy bogʻi majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Bogʻi Bobur"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

BOBUR MILLIY BOGʻI MAJMUASI, "Bogʻi Bobur"Andijon shahrining janubi-sharida — Buyuk ipak yoʻli yoqasi (Bogʻishamol)dagi adirda joylashgan yodgorlik majmui (meʼmori Muhammadjon Mirzayev). 300 ga maydonni egallagan. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro Bobur jamgʻarmasi (rahbari Zokirjon Mashrabov) tashabbusi bilan 199192 yillar barpo etilgan. Kobul shahridagi "Bogʻi Bobur"ga qiyosan qurilgan. Boqqa kirish uchun sharqona uslubda qurilgan marmar darvozayoʻlakdan koʻp pogʻonali zinalar orqali yuqoriga koʻtariladi. Birinchi supachada Boburning ulkan haykali (haykaltarosh Qodirjon Salohiddinov) oʻrnatilgan. Undan yuqoridagi supachada "Bobur va jahon madaniyati" muzeyi qad koʻtargan. Uning moviy gumbazi ichidagi va devoridagi bezakrasmlarni "Boburnoma" asari mazmunida mahalliy rassom Ulugʻbek Boltaboyev chizgan. Muzey koʻrgazmalarida Bobur jamgʻarmasi turli mamlakatlarga bir necha bor uyushtirgan ekspeditsiya natijasida toʻplangan noyob tarixiy kitoblar, Bobur asarlarining qoʻlyozma nusxalari, xususan "Xatti Boburiy"da Bobur oʻz qoʻli bilan koʻchirgan Qurʼoni karim nusxalari, Bobur davri qurolaslahalari, saroy ahli kiyimlari, boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar qoʻyilgan. Muzeyning ikki yonidan oʻtgan marmar zinali yoʻl yana ham yuqoriga, soʻnggi supaga koʻtariladi. Bu yerda Boburning ramziy qabrsagʻanasi (Kobuldagi Bobur qabri tuprogʻidan olib kelib qoʻyilgan) bor. Ramziy qabrdan yuqoriga ketgan yoʻl bolalar oʻyin maydonchalariga olib chiqadi. Pastdan istirohat bogʻining yuqorisiga osma yoʻl (2 km) ham oʻtkazilgan. Bogʻda hunarmandchilik buyumlari doʻkoni, shuningdek choyxona, oshxona va boshqa dam olish maskanlari bor. Alohida dam olish joyida konsert koʻrish sahnasi, kurash va boshqa musobaqalar oʻtkaziladigan maydon qurilgan. Bogʻda 20 xildan ortiq mevali (yongʻoq, uzum, olma, anor, anjir, gilos va boshqalar), 10 dan ortiq manzarali daraxtlar (archa, chinor, eman, chakanda, majnuntol, mirzaterak va boshqalar) ekilgan. Bogʻ nihoyatda xushmanzara, obod; Andijon shahri va atrofdagi aholining oromgoh va ziyoratgoh joyi. Bu yerda Navroʻz va Mustaqillik kunlari xalq sayillari boʻlib oʻtadi (89b.dagi rasmga q.).

Sobirjon Shokarimov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil