Bobur maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bobur maqbarasiKobuldagi (Afgʻoniston) meʼmoriy yodgorlik (1617 va 20-asrlar). Boburning xoki 1539 yilda Agradan (Hindiston) olib kelinib shu yerda dafn etilgan. Bobur maqbarasi Kobul shahrining Sherdarvoza togʻi yon bagʻridagi (xushmanzara qiya yalanglikda). Bobur ixlos qoʻyib obod qilgan tarixiy bogʻ "Nazargoh"ning (keyinchalik bogʻning nomi "Bogʻi Bobur" deb nomlangan) yuqoridagi maydonchasida joylashgan. Bobur vasiyatiga koʻra, dastlab qabr ustiga maqbara qurilmagan. 1606 yilda tarixiy lavha chekilgan oqish kulrang qabrtosh oʻrnatilgan. 1932 yilda marmar, beton va sopoldan moʻʼjazgina shiyponmaqbara barpo qilingan. Maqbara yaqinida oʻgʻli Mirzo Hindol va nabirasi Mirzo Muhammad Hakimning qabrtoshlari saqlangan. Ular oldida Ruqiya Sultonbegim qabrtoshi (1640). Pastki pogʻonada esa Shoh Jahon hind meʼmorligi uslubida kulrang toshdan ayvonli masjid qurdirgan. Xalqaro Bobur jamgʻarmasi tashabbusi bilan Andijondagi Bobur milliy bogʻi ("Bogʻi Bobur")da Kobuldagi Bobur maqbarasiga oʻxshash ramziy qabrmaqbara bunyod etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil