Ramz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ramz (arab. — ishora qilmoq) (badiiy adabiyotda) — voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli; badiiy shartlilik shakllaridan. Ramz majozdan farq qilib, mazmuni obrazli qurilishi bilan bogʻliq boʻladi va koʻpmaʼnoliligi bilan ajralib turadi. Ramz barcha xalqlar folklori va adabiyotida qadimdan mavjud. Ramziy obrazlar muayyan tizimni tashkil etadi va ayrim hollarda koʻpchilik xalqlar adabiyoti va sanʼatida mushtarak mazmunni ifodalaydi. Mas, sher — mardlik, tulki — makkorlik, boʻri — ochkoʻzlik va boshqa Adabiyot tarixida asrlar davomida ishlatilib kelinayotgan ramziy obrazlar tizimi ham mavjud; gul — goʻzallik, maʼshuqa; bulbul — oshiq; sariq rang — mahzunlik, qora rang — motam ramzi va boshqa Ijodkorlar anʼanaviy Ramzlar bilan bir qatorda tabiatdagi har bir hodisa va detal (Mas, bulut, buloq, chaqmoq va boshqalar)dan ramziy tasvir uchun foydalanadilar. Bunda u yoki bu narsa tasvir jarayonida yozuvchi maqsadiga xizmat qiluvchi muayyan ramziy maʼnoga ega boʻladi.

Xalq ogʻzaki ijodiyoti va mumtoz adabiyotda keng koʻlamda ishlatilgan ramziy tasvir usuli hozirgi adabiyotda ham muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil