Mirzaterak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirzaterak, afgʻon teragi — terak turi. Oʻzbekistonda, ayniqsa Fargʻona vodiysida keng tarqalgan, faqat madaniy holda oʻstiriladi. Taxmin qilinishicha, uning vatani Afgʻoniston va Himolay togʻlari hisoblanadi. Bu yerlarda M. tabiiy hodda oʻsadi. Shox-shabbasi urchuqsimon, boʻyi 40 m gacha yetadi. Tanasi va shoxlarining poʻstlogʻi silliq, shoxlari ingichka, yuqoriga qarab oʻtkir burchak hosil qilib, tanasiga yopishgan holda oʻsadi. Barglari rombsimon, uz. 5—7 sm gacha, uch tomoni qisqa, chetlari arra tishli. Issiq-sevar va uch tomoni fototropizm xususiyatiga ega, boshqa teraklarga qaraganda qalin oʻstiriladi. Urugʻchi kuchalalarining uz. 5—7 sm, rangi yashil, gʻovak, yoʻgʻonligi 1 sm atrofida. Changchi kuchalalari esa 5 sm gacha uzunlikda. Martapr. oylarida gullab, urugʻlari 30—40 kunda pishib yetiladi. 1000 dona urugʻining ogʻirligi 1 — 1,2 g keladi. Ildizi kuchli, toshloq yerlarda oʻsishga yaxshi moslashgan. Tomorqalarda gektar boshiga 10 ming tup va undan ham qalinroq qilib ekish mumkin. M. terakzorlarda 3x3 m yoki 2x4 m qilib ekiladi. Qatorlab ekilganda koʻchatlar orasi 1,0—1,5 m boʻlishi kerak.

Abdushukur Xonazarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil