Bogʻi Bobur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BOGʻI BOBURKobul shahrida Bobur barpo etgan bogʻ (151520). B. B. shaharning Sherdarvoza tepaligi yon bagʻridagi bir necha ga maydonni egallagan nihoyatda xushmanzara, obod, shahar aholisining oromgoh va ziyoratgoh joyi. Har yili 21 mart (Navroʻz kuni)da koʻchat oʻtqazish marosimi shu bogdan boshlanadi. Bogʻda Bobur makbarasi, uning yonida Boburning kichik oʻgʻli Hindol, nevaralari: Ruqiya Sulton begim, Hakim Mirzo va boshqa avlodlarining qabrlari joylashgan. Bogʻ ichida oq marmardan ishlangan kichik masjid, maktab, jismoniy mashq maydonchalari, hovuz, obod choyxona va supalar bor. Mevali daraxtlar va gullar hamda Bobur davridan qolgan azim chinorlar bogʻning koʻrki. B. B.ning atrofi kungurador devor bilan qurshalgan. Bobur B. B.dan tashqari Afgʻoniston va Hindistonda Oʻrta Osiyo anʼanalari asosida oʻnlab bogʻlar bunyod etgan (Bogʻi Kalon, Bogʻi Vafo, Zarafshon bogʻ, Dilorom bogʻ, Orom bogʻ va boshqalar). Bu bogʻlardagi ariqlar tekis va toʻgʻri olinib, daraxtlar tartib bilan oʻtqazilgan. Gullar ekilib, atrofiga mayda rangdor toshlar terilgan. Hindiston va Afgʻonistonda boʻlmagan oʻsimlik va daraxtlar Movarounnahrdan olib borilgan. Afgʻonistonda uzoq yillar davomida boʻlayotgan fuqarolar urushi tufayli B. B.ga birmuncha zarar yetdi.

Andijon shahrining jan.sharqida — Bogʻishamolda B.B.ning ramziy shaklida maxsus bogʻ bunyod etildi. Ushbu bogʻ ham Kobul shahridagi bogʻga taqlidan B.B. deb yuritiladi (qarang Bobur milliy bogʻi majmuasi).