Tusiy Nosiriddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tusiy Nosiriddin (toʻliq ismsharifi Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Nosiriddin Tusiy) (1201.17.2,. hozirgi Eron hududida — 1274.25.6, Bagʻdod) — oʻrta osiyolik astronom va matematik olim. T. Eron Koʻhistonining ismoiliylar hokimi Nasriddin Muhtasham saroyida xizmat qilgan. "Axloqi Nosiriy", "Tajrid" kabi asarlari Sharqda keng tarqalgan. T. 1256 y.da Eronga bostirib kirgan moʻgʻul istilochilari boshligʻi Huloku saroyiga xizmatga olindi. T. oʻzining mavqeidan foydalanib, Yaqin Sharq va Oʻrta Sharq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. 1259 y.da Marogʻa rasadxonasi qurilishiga rahbarlik qildi, atrofiga turli mamlakat olimlarini toʻplab, Maroga ilmiy maktabini yaratdi. Bu rasadxonada oʻsha davrning mukammal astronomik jadvallaridan biri "Ziji Elxoniy" tuzilgan.

T. mat. faniga ham katta hissa qoʻshgan olim. "Tahriri uklidis" (Yevklid "Negiz"lariga qoʻshimchalar) asarida Yevklidnpnt 5postulatini isbotlashga urinib, noyevklid geometriyaning ayrim teoremalari va aksiomalarini taʼrifladi. "Shaklulqittaʼ" (Trigonometriya asoslari) asarida trigonometriyani mustaqil soha sifatida bayon qildi. Bu asar trigonometriyaning Yevropaga tarqalishida asosiy oʻrin tutdi. T.ning mineralogiya, tibbiyot, fizika, mantiq (logika), falsafa va b. sohalarga oid asarlari ham maʼlum. U koʻpgina yunon olimlari asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intining qoʻlyozmalar fondida T. asarlarining 20 dan ortiq noyob nusxalari bor.