Aksioma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aksioma (yun. axioma) — o‘z-o‘zidan ravshanligi, ayonligi sababli is-botsiz qabul qilinadigan holat, tasdiq, fikr. Deduktiv quriladigan ilmiy nazariyalarda asosiy tushunchalarning boshlang‘ich xossalari. A.lar tizimi b-n kiritiladi va b. hamma xossalar, tasdiqlar (teoremalar) ulardan foyda-lanib mantiqiy isbot qilinadi. Ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchi istisno qonuni mantiqiy A. hisoblanadi. A.ga misol sifatida Yevklid geometriyasiiat parallellik A.sini keltirish mumkin: "Tekislikda a to‘g‘ri chiziqqa tegish-li bo‘lmagan O nuqta orqali shu to‘g‘ri chiziqqa bittadan ortiq parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazish mumkin emas". Arximed aksiomasi, Sermelo aksio-masi va b. A. atamasi Yunonistonda pay-do bulgan, birinchi marotaba Aristotel asarlarida ishlatilgan.Abu Nasr Forobiy, Umar Xayyom, al-Xorazmiy va b. allomalar ham A.ni atroflicha tekshirishgan. AKSIOMA-TIK METOD - aksiomalarga asoslanib ilmiy nazariya qurish usuli. Asos qilib olingan aksiomalar tizimi (aksioma-tika) muayyan nazariy tizimda isbotsiz haqiqiy deb kabul qilinadi. Boshqa na-zariy bilimlar, xulosalar to‘la ravish-da aksiomatikadan deduktiv yo‘l b-n chiqariladi. Yangi tushunchalar nazariyaga formal ta’riflash yo‘li b-n kiritila-di. Aksiomalar tizimi ziddiyatsizlik, to‘lalik va bog‘liqsizlik shartlarini qanoatlantirishi lozim. Bitta ilmiy nazariyani turli aksiomalar tizimi-ga asoslanib ham qurish mumkin. Mac, haqiqiy sonlar nazariyasining turli qurish usullari mavjud.Matematikada Ak.m.qadimgi yunon geometrlari asarlarida shakllana bosh-lagan. Evklidning "Negizlar" (mil. av. 300-yillar) asarida bayon etilgan 272geometrik sistema Ak.m. b-n nazariya qurish namunasidir. 19-a. ikkinchi yar-midan mat.ning turli sohalari Ak.m. b-n qurila boshlandi (turli geometriyalar, arifmetika, ehtimollar na-zariyasi va b.). Ak.m.ning keyingi taraqqiyoti, mu-kammalashuvi D. Gilbert kiritgan for-mal sistema va formalizm metodi b-n bog‘liq.Qadimda fanlar, shu jumladan fal-safaning turli bulimlarini aksiomalar tarzida bayon qilishga urinib ko‘rilgan (Nyuton, Spinoza, Forobiy va b.).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil