Saroy (qasr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saroy — 1) dastlab hukmdorlar (xon, podshoh, amirlar va b.) qarorgohi boʻlib xizmat qilgan hashamatli ulkan bino, qasr. Keyinchalik turli serhasham hovlili binolar ham S. nomini olgan. Qad. Misrda ilk podsholik davri (mil. av. 3ming yillik)dayoq firʼavnlar oʻz xonadonlari uchun saroysimon binolar, serhasham ibodatxona S.lari qurilishiga ahamiyat berganlar. Mesopotamiya va Bobildagi S.lar qatʼiy loyiha asosida mahobatli qilib qurilgan, koshinlar bilan bezatilib, osma bogʻlari boʻlgan. Arab mamlakatlari, Eronda, Xitoy (q. Imperator saroyi), Yaponiyada ham S.larning dabdabali boʻlishiga ahamiyat berilgan.

Yevropada oʻrta asr shaharrespublikalari rivojlanishi bilan maʼmuriy boshqarish organlari hamda mansabdorlar S.lari paydo boʻldi. Italiyada Siyenadagi Publiko palatssosi, (1297—1310); Venetsiyada Dojlar saroyi, Ispaniyada Alhumro saroyi shular jumlasidandir. Din arboblari ham oʻzlari uchun S.lar qurdirdilar (Orviyetoda papa saroyi. 13-a., Rossiyada patriarx va arxiyereylar S.lari). 15—16-a.lardagi mahobatli S.lar keng ichki hovlilari, kutubxonalari, devoriy bezaklari va noyob narsalar saqlanadigan zallari bilan shaharning butun bir qismini egallagan. Bu turdagi S.lar qirol, imperator S.larining shakllanishiga kuchli taʼsir kursatgan (Madrid yaqinidagi Eskorial, 16-a.; Parijdagi Luvr, 16—18-a.

lar. Bu davr S.lari mujassamotining harakterli xususiyati anfiladalarida, tarzi kolonnadalar bilan bezatilishida, bino bilan muhitni bogʻlovchi rizalitlarda koʻrinadi.

Oʻrta Osiyo S. meʼmorligi uziga xos uslubda bunyod etilganligi bilan ajralib turadi. Tuproq qalʼatsati S.ning 300 ga yaqin xonalari, keng tantanavor zallari, qabulxonalari, xazinaxonalari bulgan. Bapaxuia, Afrosiyob, Xolchayon S. bezaklarida tasviriy sanʼat asarlarihaykalchalar oʻyma naqshlar va rangbarang devoriy rasmlar ishlangan. Amir Temur hukmronligi davrida (14a.) qurilgan Shahrisabzdagi Ok saroy, Samarqanddagi Boʻstonsaroy, Koʻksaroy hamda Amir Temur bogʻlariayagi koʻplab S.larning meʼmoriy tuzilishi, ulardagi serhasham bezaklar oʻziga xos nafisligi bilan ajralib turgan. Buxoro arki, Koʻxna ark Qoʻqon oʻrdasi va b.xon S.larining meʼmoriy shaklida Samarqand, Fargʻona meʼmoriy maktablari uslublari oʻz ifodasini topgan. Ularda xalq ustalarining qurish anʼanalari, naqshinkorlik bezaklari milliy uslublar namoyon boʻlgan. Sipgorai Mohi Xosa, Nurillaboy saroyi, Romanov saroyida Yevropa va milliy meʼmorlik oʻzaro uygʻunlashgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida koʻhna S. binolaridan muzey, kutubxona, dam olish uylari sifatida foydalanilgan; 2) oʻrta asrlarda Sharqda karvonlar toʻxtab oʻtadigan rabot (q. Karvonsaroy); 3) zamonaviy meʼmorlikda muayyan maqsadda bunyod boʻlgan muhim inshootlar (Madaniyat saroylari va uylari, kinokonsert, nikoh uylari, sport Slari va b.). Oʻzbekistonda Sanʼat saroyi, Xalqlar doʻstligi saroyi shunday inshootlardandir. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil