Bijanaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bijanaklar, pecheneglar, patszinaklar — Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) daryosi boʻylari, Orol dengizi oraligʻidagi dashtlarda hamda Kaspiy dengizining sharqi va shim.da mil. 1-ming yillikning ikjinchi yarmida yashagan bir qancha turkiy qabilalar birlashmasi. B. qad. Qangʻdavlati aholisi qangʻlilarta mansub boʻlganlar. 8-a.da Yoyiq va Itil daryolari oraligʻida yashovchi qangʻli, sarmat va b. qabilalarning birlashuvidan yirik bijanakqangʻli ittifoqi tashkil topgan. 9-a. oxirlarida (889 y.) tabiiy iqlim sharoitining gʻoyat ogʻirlashuvi, xususan qurgʻoqchilik hamda qipchoq va oʻgʻuzlarning siquvi natijasida B.ning asosiy qismi jan. rus dashtlariga, Qora dengizning shim.dagi yerlarga koʻchib oʻtganlar. B. Kiyev Rusi yerlariga muttasil chopqun uyushtirib turganlar. 1010 y.dan keyin B. qoʻllariga asir tushgan musulmon ulamosi, ilohiyotchi olimi orqali i slom diniga kirganlar. 11 — 12-a.larda B.dan qorilar, ulamolar, fiqhshunoslar chiqqan. 1036 y. Kiyev knyazi Yaroslav Mudriy B.ga qattiq zarba bergach, B.larning bir kismi Vengriyaga koʻchib ketgan. B.ning YoykqItil oraligʻida qolgan qismi keyinchalik Dashti Qipchoq oʻzbeklari tarkibiga kirgan. B.ning yana bir kismi (8-a.) Amudaryoning quyi oqimida, boshqa bir qismi oʻgʻuzlar tarkibiga kirib Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida koʻchmanchilik bilan mashgʻul boʻlishgan. Abdurrashid Bakuviy (15a,)ning yozishicha, B. turkiy elat boʻlib, shim.da oltinchi iqlimda, saqlablar (slavyanlar)ga yaqin yerda yashaganlar. Ular uzun soqolli, uzun moʻylabli, kuchli va yengilmas boʻlganlar. Ular hech kimga, hech qachon xiroj toʻlashmagan. Faxriddin Hasanov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil