Kontent qismiga oʻtish

Transportyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Transportyor (lot. transportda tashiyman) – 1) mashinasozlikda – konveyerning ikkinchi nomi; rolikli Transportyor rolgang, vintli Transportyor shnek deb ataladi; 2) qishloq xoʻjaligida – mahsulotlarni uncha uzok, boʻlmagan masofaga uzluksiz yoki muayyan maromda tashish (uzatish) uchun moʻljallangan mashina. Mahsulotlar (kartoshka, sabzi, lavlagi, sholgʻom va boshqalar)ni transport vositalaridan tushirib, omborxonaga uzatish, daladan yoki omborxonadan transport vositalariga ortish; qoʻy junini yungtaroshning ish oʻrnidan tarozi apparati turgan joygacha uzatish uchun moʻljallangan Transportyorlar boʻladi. Transportyor tizimining asosiy qismlari: qabul bunkeri, kurakli koʻtarish transporte ri, buriluvchi yuklash transportyori, rama (yurish qismi bilan), gidrotizim, harakatlantirish uzatmasi, elektr dvigateli va boshkarish pulti. Jun uzatish Transportyori elektr dvigatel, reduktor, yoʻnaltiruvchi silindr, uzluksiz tasma va karkasdan iborat. Bunday Transportyor tasmasining kengligi 55 sm gacha, tasma ish kismining uz. 45 va 25 m boʻladi. Yung Transportyor i chorvachilikda keng qoʻllanadi.[1]