Mozaika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Décor de la mosquée Khodja Akhrar (Samarcande, Ouzbékistan) (5646850919)
Samarkand Shah-i Zinda Tuman Aqa complex cropped2

Mozaika (frans. masaique — muzalarga bagʻishlangan) — bir xil yoki turli xom ashyo (koshin, tosh, yogoch, marmar, metall va boshqalar) bulaklaridan ishlangan tasvir, naqsh. Mahobatli (monumental) bezak sanʼatining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy sanʼat asarlarini bezashda, dastgoh. sanʼati asarlari yaratishda qoʻllanadi. M. yigʻishning 2 xil usuli farqlanadi: naqsh (tasvir) mustaxkamlovchi modda (ohak, sement, mum va boshqalar) surtilib bezatilayotgan yuzaga mayda boʻlaklardan toʻgʻridan-toʻgʻri terib hosil qilinadi; te s kar i terishda rasmli qogʻoz yoki matoga boʻlaklar oʻng tomoni bilan yopishtiriladi, soʻng teskari tomoniga mustahkamlovchi modda surtilib, bezatilayotgan yuza (devor yoki shift) ga biriktiriladi. M.ning alohida turi —inkrustatsiya.

Turli ranglarda boʻyalgan doiralardan iborat eng qad. M. miloddan avvalgi 3ming yillikka mansub. M. Qad. Sharq mamlakatlarida, antik davr va oʻrta asrlarda Vizantiya, Italiya, Gruziya, Qad. Rusda rivojlangan. Gʻarb. Yevropa sanʼatida bezak M.lar keng tarqalgan. Islom mamlakatlarida 13—14-asrlarda koshinli M. rivojlangan, qoliplar asosida ishlangan boʻlaklar yigʻilib murakkab naqsh (tasvir)lar hosil qilingan. 14—15-asrlarda Samarqand va Buxorodagi binolar peshtoqiga ishlangan M.lar jozibadorligi bilan diqqatni tortadi.

18-asrda Yevropada (jumladan, Rossiyada M.Lomonosov tomonidan) M. qayta tiklangan (dastgoh portretlar va batal kompozitsiyalari yaratilgan). "Modern" va milliy romantik oqim ustalari mayolika (koshin)li M. usulidan foydalanganlar (ispan A. Gaudi, rus V. Vasnetsov, M. Vrubel va boshqalar). Yirik boʻlaklardan tuzilgan M.da koʻzga tashlanuvchi mahalliy ranglar uygʻunlashtirib tuzilgan kompozitsiyalar kup uchraydi (R. Guttuzo, D. Rivera va boshqalar). 20-asrning 30-yillaridan sanʼatlar sintezi masalalariga qiziqish ortdi, M. ham rivojlandi. Oʻzbekistonda 60-yillardan (ayniqsa, Toshkent zilzilasidan keyin) M. keng tarqaldi, jamoat va turar joy binolari bezagida keng qoʻllanilmoqda (Toshkentdagi Amaliy sanʼat muzeyi, "Paxtakor" metro bekati bezaklari va boshqalar). Asrlar davomida rivojlanib kelayotgan qad. koshinkorlik anʼanalari keng qoʻllanilgan holda jamoat binolari, meʼmoriy obidalar ajoyib M. namunalari bilan bezatilmok,da: Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Oliy Majlis bi-nosi, Oʻzbekiston konservatoriyasi binosi va boshqa.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Mozaika" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil