Kontent qismiga oʻtish

Ortiq Fayzullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ortiq va familiyasi Fayzullayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Fayzullayev Ortiq

Haqiqiy ismiFayzullayev Ortiq
Tavalludi 1-may 1933-yil
Toshkent, OʻzSSR
Vafoti31-may 2023-yil(2023-05-31)
(90 yoshda)
MillatiSSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mashhur suratlari„Choʻpon“, „Lazgi oʻyini“, „Kurant“, „Navoiy haykali“, „Paxta oʻyini“
Mukofotlari
Oʻzbekiston BA Oltin medali

Ortiq Fayzullayev (1933-yil 1-may, Toshkent – 2023-yil 31-may) – yogʻoch va suyak oʻymakori, Oʻzbekiston BA akademigi (1999). Oʻzbekiston xalq rassomi (1997). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1957) va Toshkent pedagogika institutining rasm-chizmachilik boʻlimini (1969) tugatgan. 1962-yildan Pavel Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida pedagog. Fayzullayevning asarlari badiiy yetukligi, mazmunan teranligi, usulining yuksakligi bilan ajralib turadi, yogʻoch oʻymakorligi anʼanalaridan keng foydalanib zamon ruhiga monand oʻziga xos yangi jilo va bezaklar yaratdi. Kursi, xontaxta, stollarni oʻyma naqshlar bilan jozibador bezagan, namoyon panjaralari bejirim, nafisligi bilan ajralib turadi. Fayzullayev – oʻzbek ustalari orasida suyak oʻymakorligi bilan shugʻullangan yagona usta. „Choʻpon“, „Lazgi oʻyini“, „Kurant“, „Navoiy haykali“, „Paxta oʻyini“ va boshqa asarlari koʻrgazmalarda namoyish etilgan, sovrinlar bilan taqdirlangan. Fayzullayev Toshkent shahridagi Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1968), „Moviy gumbazlar“ choyxonasi (1970), Navoiy nomidagi Sanʼat saroyi (1981), Kislovodskdagi Oʻzbekiston sanatoriysi (1982), Oʻzbekiston mehmonxonasi (1983) va boshqa binolarni anʼanaviy bezashda faol qatnashgan. Oʻzbekiston BA Oltin medali bilan mukofotlangan (2003).

Fazullayev 2023-yilning 31-may sanasida 90 yoshida vafot etdi[1].