Nurota marmar koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nurota marmar koni - Gʻozgʻon shaharchasi yaqinidagi kon, Navoiy viloyatining Nurota shahridan 3 km gʻarbda, Navoiy shahridan 90 km masofada joylashgan. Kon togʻ etagidagi marmar katlamidan iborat. 1972 yildan qazib olinmoqda. Marmar oʻrta va yirik kristal-li, rangi okdan kulranggacha. Ajratib olinadigan marmar bloklarida darzliklar yoʻq, meʼyorida yumshoq; har 1m3 dan 16—18 m2 dan koʻproq marmar pli-talari olinadi. Nurota marmar konik.ning zaxiralari 1700 ming m3 miqdorida baholangan. Nurota marmar konik.dan olingan marmar plitalarining sifati va chiroyli ranglari uchun Nurota marmari Parijda boʻlgan xalqaro koʻrgazmada (2000 yil) Katta oltin medal bilan taqdirlandi. Nurota marmar konik.da yiliga 3,5 ming m3 atrofida (2000 yil) marmar bloklari qazib olinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil