Ekran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1-savol Ekran (frans. — parda) — 1) tasvirlar tushirish yoki hosil qilish uchun moʻljallangan qurilma. Mas, kino E. i (parda), televizor E.i (shisha qurilma) va boshqalar; 2) turli nurlanishlarni yutadigan, qaytaradigan yoki insonni ulardan himoya qiladigan qurilma (mas, bug qozoni E.i — suvni isitish uchun issiqlik nurlarini yutadi, rentgen qurilmasining E.i — rentgen nurlarini koʻrinuvchi nurlarga aylantiradi va insonni ularning zararli taʼsiridan himoya qiladi); 3) radiotexnika va elektrotexnika qurilmalari va boshqalarni foydasiz va xalaqit beruvchi tashqi elektromagnit maydondan himoya qilish uchun moʻljallangan toʻsiq. Bunday E. elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi metall (mis, alyuminiy) dan yasaladi. Unda tashqi elektromagnit maydon oʻzgaruvchan tok hosil qiladi. Bu tok E.da ikkilamchi elektron maydonni vujudga keltiradi. Bu maydonning amplitudasi tashqi maydon amplitudasiga teng, fazasi esa qarama-qarshidir. Shuning uchun natijaviy elektromagnit maydonning taʼsiri kamayadi. Qurilmalarni bunday E.lar bilan taʼminlash ekranlash deb ataladi.