Vladimir Burmakin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vladimir Ivanovich Burmakin (1938.9.1, Toshkent) — rassom, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi haqiqiy aʼzosi (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Respublika rassomlik bilim yurti (1957) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1965)ni tugatgan. B.ning mahobatli, ayniqsa, dastgohli rangtasvir borasidagi izlanishlari, voqeaband tasvirlari, serjilo obrazlari diqqatga sazovor. Ayollar ruhiy holati jonli ifodalangan portretlar ("Boysun goʻzali", 1968; "Elvira", 1983 va boshqalar), rangdor, bezak mujassamotlar ("Intizor ayollar", 1962; "Ota", 1973; "Daraxt haqida qoʻshiq" triptixi, 1975; "Kimning oti yaxshiroq?", 1979; "Oʻzbekistonning hozirgi fan arboblari", 1984 va boshqalar), "Farhod va Shirin" (hamkorlikda) devoriy rasmlari va boshqalarni yaratdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil