Farhod Tursunov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farhod Yusupovich Tursunov (1931.30.10, Chimkent) — meʼmor, professor (1985). ToshPI ni tamomlab (1957), shu yerda oʻqituvchi (1957 — 62), Loyihalash ilmiy tadqiqot intida loyihalovchi va loyiha bosh meʼmori (1962 — 66), Toshkent sh. ijroiya qoʻmitasi Arxitektura planlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (1966 — 69), Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi raisi (1968 — 80), Bosh plan instituti direktori (1969 — 85), Oʻzbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyati raisining 1oʻrinbosari (1985—88), 1988—91 yillar Toshkent politexnika instituti arxitektura ftida, 1991-yildan Arxitektura va qurilish intida dare beradi. Qurilishda milliylik, tarixiy meʼmoriy anʼanalarni tabiiy iklim sharoitini hisobga olgan holda zamonaviy meʼmorlikka uygʻunlashtirish T. ijodiga xos.

T. shahar qurilishi majmuasidagi Toshkent sh. markazi loyihasi va qurilishi (1969—74, Davlat mukofoti, 1975), "Paxtakor" metro styasi (1977), "Xalklar doʻstligi" majmuasi (1982), "Turkiston" saroyi (1992), Respublika birja markazi (1996), Toshkent sh. hokimiyati binosi (1998) va boshqa qurilishlarda meʼmor syfatida ishtirok etgan. Haykaltaroshlik va meʼmorlikka oid ilmiy risolalar muallifi. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1991).