Blagoveshchensk
Jump to navigation
Jump to search
Blagoveshchensk — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1858 yildan), Amur viloyatining maʼmuriy markazi. Blagoveshchensk stansiyasi. Zeya daryosining Amur daryosiga quyilish yeridagi port. Aholisi 241 ming kishidan (1999). Blagoveshchensk 1856 yilda UstZeyskiy nomi bilan harbiy post sifatida vujudga kelgan. Mashinasozlik (konruda va oltin qazib olish sanoati uchun jihozlar, elektr asboblari ishlab chikariladi, kemasozlik zavodlari va boshqa zavodlar), yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. 4 oliy oʻquv yurti, drama va qoʻgʻirchoq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |