Dinamo (Kiyev futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Dinamo“ (ukraincha: «Динамо») — Kiyev shahridagi Ukrainaning professional futbol klubi. „Dinamo“ Ukraina futbol chempionatlarining doimiy ishtirokchisi boʻlgan. SSSR va Ukrainadagi eng nomdor futbol klubi hisoblangan[1][2].

"Dinamo" (Kiyev). 1928-yil avgust
1929-yilgi jamoa tarkibi
„Dinamo“ stadioni

Klub 1927-yil 13-mayda tashkil topgan[3]. Dinamoning ilk oʻyini 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan hamda 2:2 hisobida durang qayd etilgan. Sovet davrida klub 13 marta SSSR chempionati, 9 marta SSSR kubogi, 3 marta SSSR Superkubogini qoʻlga kiritgan. Oliy divizionda barcha SSSR chempionatlarida qatnashgan ikkita futbol klublaridan biri. SSSR chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Moskvadan boshqa futbol klubi deb qaralgan.

Xalqaro maydonda u 2 karra UEFA Kubok egalari kubogi (1975, 1986) va UEFA Superkubogi (1975) sovrindori. Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan birinchi sovet klubi.

Mustaqil Ukraina davrida u milliy chempionatda 16 marta, mamlakat kubogida 13 marta, Ukraina Superkubogida 9 marta zafar quchgan.

Klubning uy stadioni „NSC Olimpiyskiy“ (sobiq „Respublika“) 1923-yilda foydalanishga topshirilgan va Ukrainadagi eng yirik futbol stadioni hisoblanadi. Ushbu yirik stadion 70 000 dan ortiq muxlislarni oʻz bagʻriga sigʻdirish imkoniga ega.

Kiyening „Dinamo“ klubi „kicker“ jurnali talqiniga koʻra 20-asrda dunyoning eng yaxshi klublari roʻyxatida 8-oʻrinni, shuningdek, „IFFHS“ boʻyicha XX asrning eng yaxsh Yevropa klublari roʻyxatida 16-oʻrinni band etgan[4][5][6]. „France-Presse“ maʼlumotlariga koʻra, XX asrning Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi klubi deb qaralgan (2000-yil). „CK“ tahliliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2011-yil natijalariga koʻra, „Dinamo“ haqiqiy muxlislar miqdori boʻyicha Ukrainadagi birinchi, Yevropada esa 19-yirik futbol klubi deb qaralgan.

„Dinamo“ faqat 1928-yil 1-iyulda oʻzining ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan.

„Dinamo“ ilk rasmiy oʻyinini Bila Tserkvada shu shahar jamoasiga qarshi oʻtkazgan. „Dinamo“ 5-daqiqadayoq hisobni ochishga erishgan, ammo 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan.

Keyingi oʻyin 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻtkazgan. Oʻyin shiddatli qizgʻin va keyinchalik past sur’atda oʻtgan hamda uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Ushbu oʻyindan soʻng darhol Barminskiy oʻzining eski doʻsti Lazar Koenni „Odessa“dan „Dinamo“ga taklif qilgan.

1928-yil 1-sentabrda kiyevliklar oʻrtoqlik oʻyinida Moskva chempioni — „Dinamo“ (Moskva)ni qabul qilishdi. Mehmonlar Ukraina klubini 6:2 hisobida magʻlub qilishgan.

„Olimpiyskiy“ stadioni

SSSR yilning eng yaxshi futbolchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi oʻyinchilari boʻlishgan:

  • Andrey Biba — 1966-yil
  • Vladimir Muntyan — 1969-yil
  • Yevgeniy Rudakov — 1971-yil
  • Oleg Bloxin — 1973, 1974, 1975-yillar
  • Anatoliy Demyanenko — 1985-yil
  • Aleksandr Zavarov — 1986-yil
  • Aleksey Mixaylichenko — 1988-yil

SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi futbolchilar SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishgan:

  • Makar Goncharenko — 1938 yil
  • Andrey Zazroev — 1952-yil
  • Oleg Bloxin — 1972, 1973, 1974, 1975, 1977
  • Oleg Protasov — 1990-yil

SSSRda yilning eng yaxshi darvozaboni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi darvozabonlari boʻlishgan:

  • Viktor Bannikov — 1964-yil
  • Yevgeniy Rudakov — 1969, 1971, 1972-yillar
  • Viktor Chanov — 1986-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Динамо» Киев — самый титулованный клуб Украины и бывшего СССР.“. 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2016-yil.
  2. „Самые известные и титулованные футбольные клубы под названием «Динамо»“. 20-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral 2019-yil.
  3. „История футбольного клуба «Динамо» (Киев). Дата основания“. 30-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2013-yil.
  4. „Valeriy Lobanovsky“. 6-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  5. „Real Madrid Named Club Of The Century By Stats Foundation“. 5-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.
  6. „IFFHS Top 200 clubs of the century“. 16-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2017-yil.