Vladimir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

VladimirRossiya Federatsiyasi dagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik ("Vladimir traktor zavodi", "Avtopribor", "Elektropribor", elektr motori va boshqa i. ch. birlashmalari) yetakchi oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. V. 1108 y.da knyaz Vladimir Vsevolodovich Monomax tomonidan Rostov-Suzdal knyazligini ximoya qiluvchi qalʼa sifatida barpo etilgan. V.da "Oltin darvoza" (1158— 64), Uspeniye (1158—60) va Dmitriyev (1194—97) soborlari saqlangan. Politexnika va ped. institutlari, 11 maxsus oʻrta oʻquv yurti, 2 teatr, Vladimir-Suzdal tarixiy meʼmoriy va badiiy muzeyqoʻriqxona bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil