Ulyanovsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulyanovsk (1780 yilgacha — Sinbirsk, 1924 yilgacha — Simbirsk) — RF Ulyanovsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Volga va Sviyaga daryolari boʻyida. Transport yoʻli chorrahasi. Daryo porti (Kuybishev suv ombori). Aeroport bor. Aholisi 636 ming kishi (2002). Shahar 1648 yilda Sinbirsk istehkomi sifatida vujudga kelgan. 18-a. boshlaridan Kozon gubernyasida. 1780 yilda Simbirsk noibligiga asos solingan. 1796 yildan gubernya shahri. 19-a.da Volga boʻyidagi don, baliq, qoramol, yogʻochtaxta savdosi markazlaridan boʻlib qoldi. Oziq-ovqat sanoati rivojlandi. Mashinasozlik va metallsozlik (aviatsiya sanoat majmui, "Avto UAZ" i.ch. birlashmasi; motor, ogʻir va unikal stanoklar, "Kontaktor" va boshqa zavodlar), qurilish materiallari i.ch., kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy muzeylar, I.A.Goncharov tarixiymemorial muzeyi; tarixiymemorial qoʻriqxona bor. Meʼmoriy yodgorliklardan: gimnaziya (18-a.), Lenin memoriali binosi (1967—70) mavjud. V.I.Ulyanov (Lenin) nomiga qoʻyilgan (Simbirskda tugʻilgan).