Tuf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tufsochpopuk turi; mayda qilib oʻrilgan sochlarga mustahkamlanadi. Shakli tasmaga biriktirilgan 10 dan ziyod ip tutamlaridan iborat, tutamlar uchi 1—3 qatorli oʻziga xos zarhallangan kumush naycha yoki zar simlardan yasaladigan murakkab shakldagi sharchali qubbachalar bilan bezatilgan (bezaklari yoysimon joylashadigan) shokilalar bilan yakunlanadi. Shokila bezaklariga koʻra, sodda T. (zar simlardan yasaladigan qubbachalardan tuzilgan) hamda hashamdor T. (dur, marjonlar taqilgan murakkab shaklli sharchalardan tuzilgan) xillari bor.