Vodorod sulfid
Vodorod sulfid, H2S- vodorod bilan oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palagʻda tuxum hidi keladi; qaynash temperaturasi — 60,38°, suyuqlanish temperaturasi —8,29°, suvda erib, sulfid kislota (juda kuchsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uchun V. s. juda kuchli qaytaruvchidir. V. s. texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta ishlash yoʻli b-n, lab.da esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlashda ishlatiladi.juda tasr qiladi. Molyar massasi 34 g/mol, zichligi 1.19 . Ishlab chiqarish obyektlarida PDKsi 10 mg/m3, aholi punktlarida 0.008 mg/m3 . Vodorod sulfid gazi zaharli bo'lib, 1.4 mg/m3 o'tkir hid seziladi, 10 mg/m3 dan oshganda hid sezish kuchayadi ko'z achishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i boshlanadi. 100 mg/m3 dan oshganda hid sezish pasayib bosh og'rig'i, ko'z achishi, tomoq qichishi, holsizlik kuchayib uyqu keladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |