Amerika Kordilyerasi


Amerika Kordilyerasi - Yer sharidagi eng uzun togʻ tizimi. Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning gʻarbiy chekkasi boʻylab,[1] shimolda Arktikaning Alyaska qirgʻogʻidan janubda Olovli Yer arxipelagining janubigacha choʻzilgan. Oʻz. 18 ming km dan ziyod. Amerika Kordilyera togʻlari materikning sharqidagi tekisliklar bilan Tinch okeani oʻrtasidagi suvayirgʻich hamda tizmalarning har ikki tomonida joylashgan mamlakatlar oʻrtasidagi iqlim chegarasidir. Amerika Kordilyerasi Himolay va Markaziy Osiyodagi togʻlardan pastroq. Eng baland choʻqqilari: Shimoliy Amerikada Mak-Kinli togʻi (Alyaskada), balandligi 6193 m, Janubiy Amerikada Akonkagua togʻi, balandligi 6960 m.
Amerika Kordilyera togʻlari ikki qismdan: Shimoliy Amerika Kordilyerasi va Janubiy Amerika Kordilyerasidan iborat.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Historical Geology Notes - The Breakup of Pangea and Deformation in the Western Cordillera“. Long Island University, C.W. Post Campus faculty website. 1-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2011-yil. (Wayback Machine saytida 2011-10-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |