Xloritlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xloritlar (yun. chloros — yashil) — minerallarning keng tarqalgan guruhi, magniy va temirning metaalyumosilikatlari. Kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan (Mg, Fe2+)[AlSi3O|0(OH)2]. 3(Mg, Fe)(OH2). Tarkibidagi Gʻe2+ Gʻe3+ ning oʻzaro nisbati boʻyicha X. o r t o xloritlar valeptoxloritlarga boʻlinadi. Si va Gʻe2++Gʻe3+ ning miqdoriga koʻra X. 2 guruhga ajratiladi. 1guruh magnezial X. (korundfillit, sherydanit, klinoxlor, pennin, talkxlorit), magnezial — temirli X. (ripidolit, piknoxlorit, diabantin) vatemirli X. (psevdotyuringit, dafnit, brunsvigit)dan iborat. 2guruhga mansub X. — tyuringit, shamozit, delessit. Hamma X. monoklin yoki triklin singoniyada kristallanadi. Varaqvaraq, poʻstloq, tangasimon, sferolit, oolit shaklida, yashirin kristalli, yupqa varakchalari egiluvchan boʻlsa ham, qayishqoq emas; bir-biridan termik analiz orqali farklanadi. Asosan, yashil, shuningdek oq, sariq, pushti, qizilbinafsha rang, qoʻngʻirqora xillari bor. Qattiqligi 2—3, zichligi 2,6—3,3 g/sm3. X. tabiatda keng tarqalgan. Asosan, past trali gidrotermal jarayonlar taʼsirida, tarkibida alyuminiy, magniy va temirli silikatlar koʻp boʻlgan jinslarning oʻzgarishidan hosil boʻladi. Ortoxloritlar qogʻoz sanoatida ishlatiladi. Kattakatta qatlam tarzida topilgan leptoxloritlar temir rudasi sifatida sanoat ahamiyatiga ega.