Analsim
Qiyofa

Analsim — seolitlar guruhiga mansub mineral. Notekis dumaloq trape-soedr koʻrinishida kristallanadi. Ran-gi oq, kulrang, pushti, yashilroq, baʼzan qizil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 5,5 — 6,0; s ogʻ. 2,2 — 2,3. Kelib chiqishi gidrotermal, kam hollarda magmatik. Qizdirilganda oson eriydi. Baʼzan ba-zaltlarda birlamchi mineral sifatida, kamdan-kam hollarda choʻkindi jinslarda uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |