Traxit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Traxit (yun. trachys — gʻadirbudir) — odatda, porfirli, kaynotip togʻ jinsi. Porfirsimon strukturali, tarkibidagi minerallari, asosan, sanidin, oz miqdorda plagioklaz, biotit, piroksen yoki amfibollardan iborat. T. siyenitnpng effuziv analogi boʻlib, nisbatan kam tarqalgan togʻ jinsi. Unda 60% gacha kremniy kislota va 10% gacha ishqor boʻladi. Zichligi 2,5 g/sm3. Gʻadirbudir koʻrinishga ega. Shishali T. (obsidian, pemza) va T.li tuflar mavjud. Rangi och kulrang , sariq va qizgʻish. Chiroyli rangli turlari dekorativ va bezak toshlar sifatida ishlatiladi. T. Kavkaz, Italiya, Fransiya va boshqa joylarda uchraydi.