Magma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Hawai'i Volcanoes National Park HAVO3171.jpg

Magma (yunoncha: magma — quyuq boʻtqa) — tarkibi, asosan, silikatdan iborat otash-olovli suyuq massa, Yer pusti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik togʻ jinslarini hosil qiladi. Kamdan-kam holda magmatik erigan jinslarda silikat bulmaydi (mas, Sharqiy Afrika vulkanlari). Magma — oʻzaro bogʻliqholda yuzaga kelgan kup sonli kimyoviy elementlarning murakkab eritmasi, ular orasida Si, A1, Fe, Mg, Ca, Na, K, O, S, CI, F asosiy urinda. Baʼzan Magmada bir necha protsentgacha uchuvchi komponentlar, asosan, suv, ozroq uglerod oksidi, vodorod sulfid, ftor, xlor va boshqa boʻladi.

Vulkan otilgan joylarda Magma yer ustiga chiqqach, lava koʻrinishida oqadi, vulkan boʻgʻzida ekstruziv uyum hosil qiladi yoki gaz aralash kul kurinishida otiladi. Kul yondosh jinslar siniqlari va chukindi jinslar bilan aralashib har xil tuflarni hosil qiladi. Chuqurlikda sovigan magmatik massalardan shakli va oʻlchami har xil (baʼzan gorizontal kesimi bir necha ming km²) bulgan intruziv jismlar vujudga keladi. Yer yuzasiga oqib chiqadigan vulkan togʻ jinslarining aksari kismi bazaltdan, chuqur qismi esa granitdan iborat. Geolog olimlar turli magmik jinslarning Yer yuzida tarqalishini oʻrganib, ularni tiplarga ajratishni taklif qildilar. Dastlab Magma Yer qaʼrida uzluksiz qobiq hosil qilgan deb hisoblanar edi. Lekin geofizik tadqiqotlar Magma Yer poʻstining har xil tarkibli va chuqurlikdagi qismida vaqt-vaqti bilan alohida oʻchoqlar hosil qilishini koʻrsatadi. Granit va bazalt Magmalaridan tashqari kamyob, maqalliy Magmalar ham mavjud deb taxmin qilinadi. Magma tabiatini aniqlashda Yer poʻsti va yuqori mantiyaning geofizik tadqiqotlaridan olingan maʼlumotlar muhim ahamiyatga ega.

Turli tarkibli Magma har xil fizik xususiyatlarga ega, bu temperatura va uchuvchi komponentlarga ham bogʻliq. Bazalt tarkibli Magmaning yopishqrqligi kam, shu bois lava oqimining tezligi katta (soatiga 30 km gacha). Nordon tarkibli Magma ancha yopishqoq, shuning uchun portlab otiladi. Magma temperaturasi har xil (900—1250°) boʻladi. Granitli Magma temperaturasi 600° ga tushguncha qotmaydi.

Magma hosil boʻlgan sharoitdan boshqa sharoitga oʻtgach, evolyusiyaga uchrab oʻz tarkibini oʻzgartirishi mumkin. Magma differensiatsiyalanadi, bunda bir Magma hisobiga bir necha Magma vujudga keladi. Magmaning evolyusiya jarayonini aniqlashda kristallanishda minerallarning ajralish ketma-ketligi muhim. Amerikalik petrolog N. Bouen tadqiqotlariga koʻra, Magma kristallanganda dastlab kamyob (aksessor) minerallar, soʻngra magnezialtomirli silikatlar va boshqa, oxirgi jarayonda esa biotit, ishqorli dala shpatlari va kvars ajraladi. Biroq Magmaning kristallanishida bir xillik yoʻq.

Magmadagi foydali komponentlar uning kristallanish jarayonida ayrim joylarida toʻplanib endogen konlarni hosil qiladi. Baʼzi rudali minerallarning (xrom, titan, nikel, platina), shuningdek, apatitning kristallanish jarayonida alohidalanishidan magmatik konlar vujudga keldi. Magma tarkibidagi uchuvchi komponentlari hisobiga intruzivlar shakllanishining oxirgi bosqichlarida rangli, kamyob va qimmatbaxr metallar hamda temirning gidrotermal, greyzenli, skarnli va boshqa konlari hosil boʻladi deb taxmin qilinadi.[1]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil