Kontent qismiga oʻtish

Dala shpatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dala shpati
Asosiy
Formulasi { К, Na, Ca, baʼzida Ba }{ Al2Si2 yoki AlSi38
Fizik xususiyatlari
Rangi oqdan to koʻkimtir va qizgʻishgacha
Yaltiroqlik shishasifat
Qattiqlik 5—6,5
Yopishqoqlik mukammal
Zichligi 2,54—2,75 g/sm³ g/sm³
singoniyasi Monoklin yoki Uchklin
Dala shpatlari

Dala shpatlari — Yer poʻstida eng koʻp tarqalgan, karkasli silikatlar kichik sinfiga mansub jins hosil qiluvchi minerallar guruhi. Yer poʻsti ogʻirligining 50% ini tashkil etadi. K, Na, Ca, Va alyumosilikatlarning izomorf qorishmalari. taxminan 60% magmatik, 30% metamorfik jinslarda, 10% qumtosh va konglomeratlarda uchraydi. Rangsiz, tarkibida uchraydigan gematit qoʻshimchalarga qarab och kulrang , oq, yashilroq (albit, anortit), och pushti, qizil (ortoklaz), yashil (amazonit) boʻladi. Qattiqligi 6—6,5. Zichligi 2,6—2,8 g/sm3. Dala shpatlari kimyoviy tarkibiga koʻra 3 guruhga: natriy-kalsiyli — plagioklazlar; ishqorli (kaliy-natriyli) — sanidin, ortoklaz, mikroklin, anortoklaz va b.; kam uchraydigan kaliybariyli — gaalofanlarga boʻlinadi. Dala shpatlari monoklin (gialofan, ortoklaz) va triklin (plagioklaz, anortoklaz, mikroklin) singoniyasida kristallanib, shakllari bir-biridan kam farq qiladi. Koʻpincha plastinka, prizma (ortoklaz, mikroklin, gialofan) koʻrinishida boʻladi. Dala shpatlarida qoʻshaloq kristallar koʻp uchraydi. Kaliy-natriyli D.sh. oddiy qoʻshaloklar, natriy-kalsiyli (plagioklazlar)da murakkab qoʻshaloqlar hosil qiladi. Sanidinda Si va A1 tartibsiz, mikroklinda tartibli joylashgan. Yuqori temperaturada kristallanadigan kaliynatriyli Dala shpatlari tartiblangan. Plagioklazlar yuqori (Si, A1 tartibsiz joylashgan) va past temperaturada (Si, A1 tartibli) kristallanadi va shuningdek, oraliq turlari boʻladi. Dala shpatlari tog jinslarini tasniflashda asos boʻlib xizmat qiladi. Togʻ jinslarining muhim turlari: intruziv — granitlar, siyenitlar, dioritlar; effuziv — andezitlar, bazaltlar; metamorfik — gneyslar, slanetslar asosan Dala shpatlaridan tashkil topgan. Choʻkindi jinslarda Dala shpatlari mineral boʻlaklari uchraydi. Oydagi togʻ jinslarida (oy bazaltlari, gabbro, anortozitlar) faqat plagioklazlar aniklangan. D.sh. tarkibining keng variatsiyaliliga tufayli geologik-petrografik tadqiqotlarda muhim rol oʻynaydi. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan yirik kristallari pegmatitlarda kvars, koʻpincha slyudalarning yirik kristallari bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonning gʻarbi (Ketmonchi, Lolabuloq, Langar) va Rossiya Federatsiyasining shimoliy-gʻarbida pegmatitlar koʻp. Amazonitning mashhur konlari Rossiya Federatsiyasidagi Ilmen togʻlarida, tovlanuvchi plagioklazlar Uralda, qoramtir labradoritlar Ukrainada topilgan. Dala shpatlarining nurashi natijasida kaolin konlari, tropik, subtropik iqlim sharoitida laterit mahsulotlari vujudga keladi. Dala shpatlarining chiroyli tovlanadigan oy toshi, avantyurin, Labrador, amazonit xillari bezak buyumlari tayyorlashda, ayrim xillari elektr izolyatorlar, farfor va sement, oyna-shisha tayyorlashda ishlatiladi.

LL.Hamraboyev I. H., RajabovF. Sh., Petrografiya asoslari, T., 1984.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil