Uels (hudud)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uels (maʼnolari)

Fayl:Senedd, Welsh parliament, Cardiff Bay.jpg|thumb|Senedd Cymru - Uels parlamenti, Kardiff

Uels (Wales) — Buyuk Britaniyanng maʼmuriy-siyosiy qismi (tarixiy-geografik hudud). Uels yarim orol va unga yondosh Anglsi orolida joylashgan. Maydoni 20,8 ming km². Aholisi 4 mln. kishiga yaqin (2020). Eng katta shahri — Kardiff. Maʼmuriy jihatdan 8 graflikka bo‘lingan. Tub aholisi — valliy (uels)lar. Fayl:Cynhadledd i'r Wasg Press Conference 14.05.21.jpg|thumb|left|Mark Dreykford, Uels PA parlamentining birinchi vaziri; 2021-yil may

Yer yuzasining ko‘p qismi tog‘lik. Eng baland joyi 1085 m. Iqlimi mo‘tadil dengiz iqlimi. O‘rmon, o‘tloq va yalangliklar bor. Toshko‘mir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud.

Uels hududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (5—6-asrlar) va normand (Pa.)larning Britaniya orollarini bosib olishlari natijasida U. hududidagi kelt qabilalaridan biri bo‘lgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga ko‘chirilgan. 13-asr oxirida Uels hududini Angliya egallab olgan (1536-yil gacha muxtor knyazlik). 1301-yildan ingliz taxtining vorislari "Uels shahzodasi" unvoniga egadirlar.