Xalsedon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalsedon (Marmar dengizi sohilidagi qad. Xalkedon sh. nomidan) — mineral, kvarsning yopiq kristalli turi. Tarkibida aralashma holda Gʻe3+, A13+, 1—1,5% suv va boshqa boʻladi. Tolalari parallel va radial shuʼlasimon shakllar hosil qiladi. Kurtak, poʻstloq va shodasimon hamda stalaktitga oʻxshash agregat, tomir va konkretsiyalar hosil qiladi. Oq, kulrang, havo rang, sariq, koʻk, qizgʻishqoʻngʻir rangli turi koʻp. Mumdek yaltiroq. Qattiqligi 6,5—7, zichligi 2,6 g/sm3. Mumli X.ning turlari: rangi boʻyicha — serdolik, xrizopraz, sarder, moxovik, sapfirin va boshqa; teksturasi boʻyicha — agat (aqiq), oniks va boshqa mavjud. Kimyoviy va biogen choʻkindi jinslar tarkibiga kiradi. X. — keng tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral. Past trali gidrotermal eritmalardan hamda diagenez, epigenez va nurash jarayonlarida hosil boʻladi; issiq buloqlarda toʻplanadi. X. koʻpgina kremniyli jinslar, shunintdek, yashmaning asosiy komponenti. Koʻpincha kvars va opal bilan birga uchraydi. Abraziv material sifatida, soat toshlari, zargarlik buyumlari tayyorlashda qadimdan ishlatiladi. Baykal orti sharkida (Tudsun), Ural (Magnitogorsk), Kavkaz janubida (Axaltaka), Qrim (Qoradogʻ) da X. konlari mavjud. Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida, jan. hududlarda va Toshkazgʻanda topilgan.