Klivaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Klivaj (frans. clivage — parchalanish, qatlamlarga ajralish) — togʻ jinslarining darzlar buyicha yupqa plastinka va prizmalarga ajralishi. Ularning yunalishlari, koʻpincha togʻ jinslarining birlamchi qat-qatligiga mos kelmaydi. K. avj olgan joylarda asl qat-qatlik butunlay koʻrinmay qoladi. K., asosan, intensiv burmalanish rayonlarida tektonik kuchlar taʼsirida sodir boʻladi. Yuzaga kelish usullariga koʻra, uzilish K., sirpanish K., yoriq K. va boshqa farq qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil