Vulqon shishasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vulqon shishasi — amorf vulqon togʻ jinsi. Yopishqoq nordon lavani tez sovishidan hosil boʻladi. Nordon (liparit), baʼzan asosli (bazalt) effuziv jinslarining hammasi vulqon shishasidan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Obsidian, smola toshi, perlit, pemza, taxilit va sordavalitlar vulqon shishasidan iborat boʻlib, faqat ayrim xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Koʻp suvli vulqon shishasi lavaning dengiz ostida qotishidan hosil boʻladi. Sergovak vulqon shishasi pemza deb ataladi. Pemza qurilish sanoatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama (Gʻovasoy) tizmalaridagi vulqon jinslarida vulqon shishasi uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil