Kontent qismiga oʻtish

Sport (telekanal)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sport TV (MTRK)
Sport TV Milliy teleradio kompaniyasi

Kanalning hozirgi logotipi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti kunu-tun
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til(lar)i Oʻzbek tili
Rus tili
Ingliz tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri
Tasvir formati HD
Mazmuni Sport mavzusida oid xabarlar va dasturlar
Efirga chiqqan 2004-yil 1-yanvar
Egasi Zohid Karimov[1]

Sport TV — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallardan biri. Ushbu kanal O'zbekiston boʻylab efir uzatib kelayotgan eng birinchi tashkil topgan kanallardandir. Yoʻnalishi sport turlari boʻyicha ko'rsatuvlar, transliyatsiyalar tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning „Oʻzbekiston Respublikasi bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son Qaroriga asosan 2004-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi 4-Xalqaro telekanali negizida "Sport" telekanali tashkil etildi. 2005-yil 8-noyabrdagi „Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi va 2005-yil 27-dekabrdagi „Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida“gi prezident qarorlari asosida telekanal „Sport“ teleradiokanali davlat muassasasiga aylantirildi.

2004-yil Afinada oʻtkazilgan Olimpiada]] oʻyinlari yosh va endi shakllanib kelayotgan „Translyasiya va sun’iy yo`ldosh orqali olib koʻrsatiladigan dasturlar“ studiyasi xodimlarini jiddiy sinovdan oʻtkazdi. Ushbu musobaqalarining tantanali ochilish marosimi, 25 sport turining qariyb barchasi boʻyicha bellashuvlar toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatildi. Afinada boʻlib oʻtgan, olimpiyada oʻyinlari doirasidagi eng qiziqarli musobaqalar, ayniqsa Oʻzbekistonlik sportchilarning chiqishlari haqida toʻgʻridan-toʻgʻri efir uchun reportajlar tayyorlandi.

  • 2006-yili Italiyaning Turin shahrida oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari ham toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatildi. Bu telekanal sharhlovchilarining qishki sport turlarini sharhlashga ixtisoslashuvi yoʻlida sinov, mahorat va tajriba maktabi boʻldi. Qishki Olimpiada oʻyinlaridan oʻrin egallagan yangi sport turlari snoubord, kyorling kabi sport turlari ham telekanal reportajlari dasturidan oʻrin egalladi.
  • Mustaqillik yillarida xalqaro andozalarga javob beradigan juda koʻplab sport inshootlarini qurilishi nafaqat poytaxt hisoblanmish Toshkentda, balki viloyatlarda xam koʻplab xalqaro musobaqalar oʻtkazish imkoniyatlari yaratilgani, sport infratuzilmasi paydo boʻlgani sportning koʻplab ommaviy turlari boʻyicha nafaqat xalqaro turnirlar, Gran Pri musobaqalari balki Osiyo va jahon chempionatlarining oʻtkazilishi telekanal xodimlari uchun oʻziga xos mahorat maktabi vazifasini oʻtamoqda. Xususan, erkin va yunon rum kurashi va ayollar kurashi boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati, qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasidagi jahon birinchiligi, Taekvondo VTF, badiiy gimnastika, sambo, shotakan karate-do boʻyicha Osiyo chempionatlari, qitʼa birinchiliklari hamda dzyudo boʻyicha Gran Pri bosqichlarining Toshkentda oʻtkazilishi buning yorqin misolidir. Mazkur musobaqalardan jonli reportajlarni bugun dunyoning turli burchaklarida turib ham tomosha qilish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, 2011-yilda teleradiokanal buyurtmasiga asosan „O`zbektelefilm“ davlat unitar korxonasi tomonidan olimpiya zahiralari kolleji oʻquvchilarining orzu-intilishlari aks etgan 30 qismli „Chempionlik orzusi“ seriali;
  • 2015-yilda esa oʻzbek sporti dovrugʻini dunyoga yoygan sportchilar — shaxmat boʻyicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, tennis boʻyicha koʻplab xalqaro turnirlar gʻolib va sovrindori Iroda To`laganova, boks boʻyicha jahon chempioni, olimpiada oʻyinlari sovrindori O`tkirbek Xaydarov, dzyudo boʻyicha ikki karra jahon chempioni, ikki marta olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Rishod Sobirov, oʻzbek bokschilaridan chiqqan birinchi olimpiada chempioni, Osiyo, jahon chempionatlari gʻolib va sovrindori Muhammadqodir Abdullayev haqida hikoya qiluvchi jami 10 qismli „Shohsupa“ nomli badiiy-hujjatli serial tasvirga olinib, teletomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi[2].

Transilatsiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Telekanalda turli sport musobaqalari va tadbirlari, shuningdek, sportga oid koʻrsatuvlar efirga uzatiladi. Telekanal Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati va Oʻzbekiston MTJ oʻyinlarini doimiy namoyish qilib keladi. Shuningdek, 2021/22 mavsumdan boshlab UEFA chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa konferensiyalar ligasi hamda Italiya A seriyasi, Italiya kubogi oʻyinlarini va Ispaniya Laligasi bahslarini transilatsiya qilib kelmoqda. Telekanalda 2010-yil yoz oyida Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati, 2011-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi, 2012-yildagi Yozgi Olimpiya oʻyinlari London, Polsha va Ukrainada boʻlib oʻtgan Yevro-2012, 2016-yildagi va 2020(21)-yildagi Yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2022-yil qishda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha «Qatar-2022» jahon chempionati namoyish etilgan. Telekanalda futbol oʻyinlaridan tashqari, tennis, basketbol, xokkey, voleybol va boshqa sport musobaqalari va turnirlari translyatsiya qilinadi[3].

Maqsad va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz va chet ellardagi muhim sport

tadbirlarini, respublika sportchilarining yutuqlarini yoritishga yoʻnaltirilgan telekoʻrsatuvlarini tayyorlash;

  • Sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, bolalar sporti va oilaviy sportni ommaviy ravishda rivojlantirish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, dam olishning faol va ijtimoiy foydali shakllarini tashkil qilish, ommaviy ravishda rivojlantirishga, milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini qayta tiklash hamda rivojlantirishga bagʻishlangan teledasturlarni tayyorlash;
  • Xorijiy teleradiokompaniyalarning eng yaxshi dasturlarini, shu jumladan jahon sporti, olimpiya harakati tarixiga, xalqaro sport tashkilotlari faoliyatiga bagʻishlangan dasturlarni olib koʻrsatish;
  • Respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyasiya qilishni tashkil etish.
  • Efir soati: 24 soat.
  • Efir qamrovi: Respublika boʻylab.
Xabarlar informatsion dasturlari bosh muharririyati

Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatidagi eng muhim qarorlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, sport hayotida va xorijiy davlatlarda roʻy berayotgan sport musobaqalari, Osiyo va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiada oʻyinlarini keng yoritish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan davlat siyosati va islohotlar hamda ularning samarasidan mamlakat aholisi, shuningdek, chet el jamoatchiligini har tamonlama va xolis xabardor qilib borishdan iborat. Oʻzbekiston sportida sodir boʻlayotgan eng muhim voqealar haqida tezkor axborot berish, jahon sportidagi yangiliklarni oʻz vaqtida tomoshabinlarga yetkazish, sportning yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi ahamiyati va bu borada hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosat keng targʻib qilinadi. Mamlakatdagi sportsevar oilalar oʻrtasida tashkil etilgan turli sport tadbirlaridan lavhalar tayyorlanadi. Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan qurib, yoshlar ixtiyoriga topshirilgan sport inshootlari faoliyati, bolalar va ayollar sportini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz boradi. „AVN-Asia Vision news-MTRK“ axborot tizimidan samarali foydalanish maqsadida Osiyo va „Asian Broadcasting Union — ABU“ga aʼzo boshqa mamlakatlar telekanallari tomonidan „AVN-Asia Vision“ tizimi orqali taqdim etilgan sport yoki xalq oʻyinlari, yuqori nanotexnologiyalarga oid musobaqalar aks etgan videolavhalardan foydalanilgan holda mazmunan boyitilib efirga uzatiladi.

Bolalar sporti, ommaviy sport va xalq oʻyinlari bosh muharririyati

Sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida respublikada targʻib etiladigan Davlat dasturining ijrosini taʼminlash maqsadidagi ishlar, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan davlat siyosati va islohotlar hamda ularning samarasidan mamlakat aholisi, shuningdek, chet el jamoatchiligini har tamonlama va xolis xabardor qilib borishdan iborat. „Sog`lom ona va bola yili“ davlat dasturini ishlab chiqishda, mamlakatda oila, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha shakllangan huquqiy-meʼyoriy bazani takomillashtirish borasidagi tadbirlar oʻz aksini topadi, sportning yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi ahamiyati va bu borada hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosat keng targʻib qilinadi.

Taʼlim-tarbiya va dam olish dasturlari bosh muharririyati

Aholining kundalik turmush hayotida jismoniy tarbiya va sportning oʻrnini yanada chuqurlashtirish maqsadida dam olish va koʻngilochar dasturlar tayyorlash orqali yurt faxri boʻlgan yetakchi sportchilar, ularning oilasi, doʻstlar davrasi, mashgʻulotlari, boʻsh vaqtini qanday oʻtkazishi, musobaqalar jarayonidagi holati kabilar orqali aholining barcha qatlamlarida sportga boʻlgan mehr-muhabbatni yanada orttirish; Sogʻlom hayot tarzini targʻib qilish[4].

Translyasiya va sunʼiy yoʻldosh orqali olib koʻrsatiladigan dasturlar studiyasi

Xorijiy teleradiokompaniyalarning eng yaxshi dasturlarini, shu jumladan jahon sporti, olimpiya harakati tarixiga, xalqaro sport tashkilotlari faoliyatiga bagʻishlangan dasturlarni olib koʻrsatish; respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyasiya qilishni tashkil etish[5].

Muxbirlar tarmogʻi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Respublikaning barcha hududlarida tashkil etilayotgan sport tadbirlari, aholini kundalik hayotiga kirib borayotgan jismoniy tarbiya va sportni yanada targʻib qilishda viloyatlarda amalga oshirilayotgan islohatlarni ochib berish; Viloyatlarda voyaga yetayotgan iqtidorli sportchilarni yuzaga chiqarish, xotin-qizlar sporti, oilaviy sportchilarni targʻib etish[6].