Navoiy (telekanal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navoiy
Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti 18 soat
Namoyish hududi Navoiy viloyati
Til(lar)i asosan oʻzbekcha
Boshqaruv markazi Navoiy, Mahmud Tarobiy koʻchasi, 107-uy
Mazmuni universal
Efirga chiqqan 2000-yil 1-fevral
Tomoshabinlar 1 milliondan koʻp
Asoschisi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Egasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Aloqador telekanallar Oʻzbekiston MTRK kanallari
Sayt www.mtrk.uz

Navoiy (toʻliq nomi: Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi) – Oʻzbekistonning universal mazmundagi davlat hududiy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Efiri Navoiy viloyati hamda qisman Samarqand va Buxoro viloyatlarini qamraydi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yil 1-fevral kuni haftasiga 2 soatdan teledasturlar efirga uzatuvchi Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi tashkil etilgan. Yillar davomida efir vaqti biroz uzayib, 2010-yil haftasiga 6 soat koʻrsatuvlar efirga uzatiladigan boʻlgan. Teledasturlar yozib olinib, Navoiy Radioteleuzatish markazidan DVD playerlar vositasida efirga uzatilgan. 2011-yil telekanal uchun yangi ikki qavatli bino qurib berilgan. Yangi teleapparaturalar bilan jihozlangan, optik tolali uzatkichlar oʻrnatilgan, efir sifati yaxshilangan, tasvirni raqamli va analog signalda qabul qilish imkoni yaratilgan, efir vaqti uzaytirilgan.[1]

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Navoiy telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida berib boradi. Telekanal yoʻnalishi universal.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „NAVOIY“. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi.