Uzreport TV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
UzReport TV
Uzreport TV logo.jpg
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti kunu-tun
Til(lar)i Oʻzbek tili
Rus tili
Ingliz tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 26-uy
Mazmuni axborot-ma'rifiy
Efirga chiqqan 2014-yil
OAV guvohnomasi № 0605
Litsenziya № 0004217
Aloqador telekanallar Oʻzbekiston 24
Sayt uzreport.news

Uzreport TVOʻzbekistondagi nodavlat informatsion telekanal[1]. 2014-yilning 28-aprel kuni Oʻzbekiston hududida efirga uzatilishi boshlangan[2]. Ushbu telekanal 1999-yilda tashkil etilgan «UzReport» informatsion agentligiga qarashli hisoblanadi. Dunyoning 100dan ortiq davlatida nomoyish qilinadi. Telekanalni televizorga ulangan raqamli TV-tyuneri, internet, shuningdek Androidli planshet va smartfonlar orqali tomosha qilish mumkin.

Telekanal oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tilini ham ishlatadi. Ushbu telekanalda har soatda yangilanib turadigan siyosiy, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy va sport yangiliklari uzatiladi. Shuningdek telekanal efirida analitik koʻrsatuvlar, har xil sohalar haqidagi koʻrsatuvlar, intervyular va boshqa maʼlumotlar yetkaziladi[3].

2017-yilda o'zining yangi telekanali - Futbol TV telekanalini ishga tushirdi[4].

2018-yil 15-aprelda FIFA Jahon chempionati 2018 translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi[5].

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]