Studiya
Qiyofa
Studiya (italyancha: studio — yaxshi o'qish degan ma'noni anglatadi) —
- Rassom yoki haykaltarosh ustaxonasi;
- Rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan maktab;
- Ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy) sanʼati asoslarini oʻrganadigan, asosan, yoshlardan tashkil topgan teatr (yoki rassomlar) jamoasi. Studiyaning professional va havaskorlik turlari bor;
- Badiiy va boshqa filmlar yaratuvchi kus va texnik kino xodimlari jamoasi;
- Radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladigan maxsus bino (radiostudiya, telestudiya);
- Ovoz yozish xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron (sintezator va boshqalar) vositalar yordamida yozib olib fonogramma tayyorlaydigan maxsus joy (masalan, „Tarona rekorde“ studiyasi va boshqalar).
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |