Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi binosi.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Oʻzteleradio) — oʻzbek tele- va radioaxborot tarqatuvchi tashkiloti.

Tarix[tahrir]

Oʻzteleradio 1957-yilda tuzilgan. Oʻzbekiston Radioeshtirish va Televideniye qoʻmitasi 1992-yil 7-yanvarida Oʻzbekiston Davlat Teleradioeshtirish kompaniyasiga, Oʻzbekiston Prezidentining 1996-yil 7-mayidagi Farmoni bilan esa Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi (Oʻzteleradio)ga aylantirilgan.

Halqaro aloqalar[tahrir]

Oʻzteleradiokompaniya jahondagi CNN, NHK, FUJI, ASAHI, KBS, TRT, ARD kabi yetakchi telekompaniyalar bilan keng tarmoqli aloqalarga ega. Oʻzteleradio Ukraina, Polsha, Hindiston, Misr teleradiotashkilotlari bilan oʻzaro doimiy dasturlar ayirboshlab turadi.

Efir[tahrir]

Teleefir[tahrir]

Oʻzbekistonda televizion koʻrsatuvlar 1956-yil 5-noyabrda Toshkentda boshlangan. Oʻzteleradiokompaniya teledasturlari sutkasiga oʻrtacha 51,5 soat davomida asosan oʻzbek, rus, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, uygʻur, turk, koreys, nemis tillarida efirga uzatiladi. OʻzTV da 4ta kanal bor.

"Oʻzbekiston" kanali[tahrir]

Asosiy maqola - Oʻzbekiston kanali

"Yoshlar" kanali[tahrir]

Asosiy maqola — Yoshlar kanali

"Toshkent" telekanali[tahrir]

Asosiy maqola — Toshkent telekanali

"Sport" kanali[tahrir]

Asosiy maqola — Sport kanali

Radioefir[tahrir]

Oʻzbekiston radiosi 1926-yildan buyon eshittirish berib keladi. Oʻzteleradio 4 ta respublika kanallari orqali radioeshittirishlarni efirga uzatadi. Radioeshittirishlarning kundalik oʻrtacha hajmi 91,7 soat.

"Yoshlar" FM[tahrir]

Asosiy maqola Yoshlar FM ga gap yo'q...

"Oʻzbekiston" radiokanali[tahrir]

Asosiy maqola — Oʻzbekiston radiokanali

"Mashʼal" radiokanali[tahrir]

Asosiy maqola — Mashʼal radiokanali

"Doʻstlik" radiokanali[tahrir]

Asosiy maqola — Doʻstlik radiokanali

"Oʻzbektelefilm" studiyasi[tahrir]

«Oʻzbektelefilm» studiyasi 1970-yilda Oʻzbekiston televideniyesining kinokoʻrsatuvlar tahririyati negizida paydo boʻlgan. «Oʻzbektelefilm» studiyasida har yili 23 soatga yaqin hujjatli, 24 soatga yaqin badiiy filmlar yaratish koʻzda tutilgan. Dublyaj boʻlimida bir yilda 550—600 soat atrofidagi filmlar oʻzbek va rus tillariga oʻgiriladi.

Badiiy jamoalar direksiyasi[tahrir]

Badiiy jamoalar direksiyasi Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshida 1987-yilda tashkil etilgan. Direksiya 7 jamoadan iborat: Xalq cholgʻu orkestri, Estrada simfonik orkestri, Xor jamoasi, Y. Rajabiy nomli «Maqom» ansambli, Gʻ. Toshmatov nomli «Dutorchilar» ansambli, Kamer orkestri, "Bulbulcha" bolalar xori.

Respublika Telemarkazi[tahrir]

Respublika telemarkazi (RTM) 1956-yil tashkil qilingan. RTMning asosiy vazifasi Oʻzbekiston televideniyesi kanallari tomonidan tayyorlanayotgan koʻrsatuvlarni texnik tomondan taʼminlab, ularni efirga uzatishdan iborat. Hozirgi vaqtda RTM bir kecha-kunduzda 51,5 soat koʻrsatuvlarni efirga uzatishni taʼminlaydi. Yangi raqamli markaziy apparatxona va 5 kamerali umumiy maydoni 600 m2 studiya qayta jihozlanib ishga tushirildi. Hozirgi kunda 8 va 4 kamerali raqamli koʻchma televizion stansiya ishlab turibdi.

Respublika radioeshittirish va ovoz yozish uyi[tahrir]

Respublika radoeshittirsh va ovoz yozish uyi (RROYU) 1966 yili tashkil qilingan. Radio uyi 11 ta sex va boʻlimlardan iborat. RROYUning asosiy vazifasi radioeshittirshlarni texnik tomondan taʼminlab, ularni efirga uzatishdan iborat. Barcha appparatxonalariga Germaniyaning «Siemens» firmasi bilan hamkorlikda raqamli uskunalar oʻrnatilgan.

"Oqtosh" ijod uyi[tahrir]

Oʻzbekiston teleradiokompaniyasinig «Oqtosh» ijod uyi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Soyliq qishlogʻida joylashgan. Umumiy maydoni 8,5 gektar. Pansionatda jami 10 kottej boʻlib, shundan 6 tasi yangidir. Bu yerda birdaniga 220 kishi dam olishi mumkin. Pansionat asab va nafas yoʻllari kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun ixtisoslashgan.

Xalqaro aloqalar departamenti[tahrir]

Germaniyaning MDR-ARD, Rossiya, Ukraina, Polsha, Fransiya (CFI), Misr, Xitoy, Turkiya teleradiotashkilotlari bilan imzolangan hamkorlik shartnoma va kelishuvlar asosida oʻzaro dasturlar ayirboshlab turadi. Shuningdek, Oʻzteleradio jahondagi koʻpgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, AQShning CNN, Germaniyaning DW, Yaponiyaning NHK, TBS, FUJI, Janubiy Koreyaning KBS, Turkiyaning TRT kabi yetakchi telekompaniyalar bilan keng tarmoqli aloqalarga ega. Oʻzbekiston televideniyesining «Axborot» dasturi SCOLA (AQSH) konsorsiumi hamkorligida Internet orqali uzatib boriliadi. Oʻzteleradioning barcha xorijiy aloqalari va munosabatlari Xalqaro Aloqalar Departamenti orqali amalga oshiriladi.

Havolalar[tahrir]