Mahalla (telekanal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MahallaOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi telekanal[1]. Bir kunda 24 soat faoliyat yuritadi.

Teleradiokanalning asosiy vazifa va funksiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mahalla“ teleradiokanalining asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlari quyidagilardan iborat: — mamlakat aholisini oʻzbek xalqining koʻp asrlik tarixi davomida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida shakllangan noyob milliy tuzilma — mahalla institutining jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishidagi aholi uchun muhim ijtimoiy masalalarni hal etish, — kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtish borasidagi maqsadli vazifani amalga oshirishdagi oʻrni va ahamiyati haqida keng xabardor etish, shuningdek, mahallaning har tomonlama rivojlanishi va samarali faoliyatini taʼminlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tajribasini yoritish; — mahalla institutining jamiyatda yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptirish, milliy urf-odat va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni asrash va mustahkamlash, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, — joylarda jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyatini ochib beruvchi dasturlarni tayyorlash.

Telekanalning muharririyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Mahalla“ telekanali koʻrsatuvlari 2015-yilning 7-yanvar kuni soat 18:00 dan efirga uzatila boshlandi. Telekanal tarkibida „Ijtimoiy-huquqiy dasturlar“, „Maʼnaviy-tarbiyaviy dasturlar“, „Badiiy-maʼrifiy dasturlar“ hamda „Tok-shou dasturlari“ muharririyatlari mavjud.

„Ijtimoiy-huquqiy dasturlar“ muharririyati oldiga qoʻyilgan asosiy vazifa mamlakat aholisini oʻzbek xalqining koʻp asrlik tarixi davomida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida shakllangan noyob milliy tuzilma - mahalla institutining jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirish, aholi uchun hayotiy muhim ijtimoiy masalalarni hal etish, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtish borasidagi oʻrni va ahamiyati haqida keng xabardor etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilik, kasanachilik va oilaviy biznesni rivojlantirish, shuningdek, mahallani har tomonlama rivojlantirish va uning samarali faoliyatini taʼminlaydigan tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tajribasini keng yoritish.

„Maʼnaviy-tarbiyaviy dasturlar“ muharririyati tomonidan mahalla institutining jamiyatda yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptirish, milliy urf-odat va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlikni asrash va mustahkamlash, mahallalarning oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni, oʻzaro hurmat va totuvlikni shakllantirish, yoshi ulugʻ insonlarga nisbatan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirishdagi oʻrni va ahamiyatini ochib beradigan dasturlar tayyorlanadi.

„Badiiy-maʼrifiy dasturlar“ muharririyati oldiga oʻsib kelayotgan yosh avlodni, ayniqsa, qizlarni tarbiyalashga koʻmaklashish, erta nikohlarning oldini olish, yigit-qizlarni sogʻlom va mustahkam oila qurishga maʼnaviy-ruhiy jihatdan tayyorlash, toʻy va boshqa tantana hamda marosimlarni ortiqcha dabdabasiz oʻtkazish, mahallada aholi bandligini taʼminlash, mahallaning ijtimoiy infratuzilmasi darajasi va sifatini oshirish, bolalar hamda sport maydonchalarini jihozlash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, yoshlarni maʼnaviy jihatdan tarbiyalash kabi masalalarni hal qilishdagi faoliyatini keng yoritish vazifasi qoʻyilgan.

„Tok-shou dasturlari“ muharririyatining vazifasi demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining oʻrni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga manzilli moddiy-maʼnaviy yordam tashkil etish borasidagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirish, mahallaning pensiya, ijtimoiy va tibbiy taʼminot, xalq taʼlimi, madaniyat va sport organlari, jamoat tuzilmalari bilan qariyalar va nogironlarga doimiy gʻamxoʻrlik koʻrsatish, diniy-maʼrifat, kasb-hunar kollejlari va litsey bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha ijtimoiy sherikligini kengaytirish, shuningdek, mahallaning qonunchilikka rioya qilish va davlat boshqaruvi idoralarining ushbu masalalar boʻyicha faoliyati ustidan jamoat nazorati tizimidagi vazifalarini kuchaytirishga qaratilgan tok-shou dasturlarini tashkil etish va keng ommaga etkazishdan iborat.

Keyingi yillarda telekanal auditoriyasi kengayishi, reyting koʻrsatkichlari oshishida retro dasturlarning oʻrni alohida ekanligini ham eʼtirof etish joiz. OʻzMTRK arxivida saqlanayotgan va oʻzbek televideniyesining bebaho boyligi hisoblangan retro filmlar, qiziqchi va sanʼatkorlarning chiqishlari namoyish etilishi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi negizida “Mahalla” telekanali ochiladi“ (oʻzbekcha). Daryo.uz (12-noyabr 2014-yil). 4-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2022-yil.