Kontent qismiga oʻtish

Shaxmat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
shaxmat taxtasi, donalari va shaxmat soati.

Shaxmat (forscha: شاه مات, shoh mot — „shoh oʻldi“) — ikki kishilik mantiqiy oʻyin. Ba'zida bu o'yinning Xiang qi (Xitoycha shaxmat) yoki shogi (Yaponcha shaxmat) kabi boshqa xil shakllaridan ajratish maqsadida Xalqaro shaxmat yoki G'arb shaxmati deb ataladi. shaxmat yashirin ma’lumotlar yoki tasodifiylik elementlarini o’z ichiga olmaydigan abstrakt strategik o’yindir. Oʻyindan maqsad — raqib shohini mot qilish . Bu o'yin 64 ta katakli taxtada 32 ta figura yordamida va 8x8 katakli taxtada oʻynaladi.

O'yinchilar, odatda, "Oq" yoki "Qora" deb ataladi. Har bir oʻyinchi 16 ta figuraga ega boʻladi:

shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.

Hozirgi koʻrinishdagi shaxmat hind shatranjidan tubdan farq qiladi, Janubiy Yevropada XV asr oxirlarida shakllangan.

Bugungi kunda shaxmat eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi. shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham koʻriladi.

shaxmatning kelib chiqishi chaturanga oʻyiniga borib taqaladi. Oʻzbek xalifaligi davrida bu oʻyin shatranj nomi bilan ommaviylashdi. Oʻzbeklar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat oʻyinlari matniga oid qimmatli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy „Shatranj kitobi“da 819 yilda Xurosonda oʻtkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda gʻolib chiqqan oʻrta-osiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy koʻplab shaxmat voqealariga qahramon boʻlib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.

shaxmat XI asrdan boshlab Yevropada jadal rivojlandi. XV asrda shaxmat qoidalariga oʻzgarishlar kiritildi. 1512-yilda Rimda Damianoning „Bu kitob shaxmat oʻynashni oʻrgatadi“ toʻplami bosildi va u Yevropa tillariga tarjima qilindi. 1575-yilda Madridda Ispaniya va Italiya shaxmatchilari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. XVII asrda Joakkino Greko (Italiya), XVIII asrda Danikan (Fransua Andre), Filidor (Fransiya), XIX asrda Govard Staunton (Angliya), Adolf Andersen, Iogannes Sukertort (Germaniya), Pol Morfi, Lui Paulsen (AQSH), Ignats Kolish, Vilgelm Steynits (Avstriya—Vengriya), Aleksandr Petrov, Mixail Chigorin (Rossiya) kabi shaxmat ustalari bu oʻyinning rivojiga katta hissa qoʻshishdi.

1851-yilda Londonda 1-xalqaro musobaqa uyushtirildi. Unda Andersen gʻalaba qozondi. 1886-yildan shaxsiy jahon chempionati oʻtkazilishi shaxmatni yanada ommalashtirdi. 1924-yilda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tuzildi. 1987-yilda tuzilgan Grossmeysterlar assotsiatsiyasi (keyin Jahon shaxmat kengashi, deb nomlandi) mustaqil ravishda shaxmat boʻyicha bir qancha musobaqa, jahon kubogi va chempionati tashkil etdi. 2000-yilda Vladimir Kramnik va Garri Kasparov oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kramnik gʻalaba qozondi va jahon chempioni, deb eʼlon qilindi. FIDE shaxmatdagi boʻlinishga barham berish maqsadida mutlaq jahon chempionini aniqlash uchun birlashtiruvchi musobaqa belgiladi.

Shaxmat Oʻzbekistonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972-yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (I—II-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977-yilda Afrosiyob (Samarqand)da oʻtkazilgan tadqiqotlar chogʻida VII(7)—VII(8)-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. IX-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al-Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish shashxolning bekor qilinishi va bu oʻyinning rivojlanishida Oʻrta Osiyo xalqlari muhim rol oʻynagan. Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlai saʼdayn va majmai bahrayn“, Alisher Navoiyning „Majoil ul-nafois“, „Lison uttayr“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda toʻplanishgan. Tabrizlik Ali ash-Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda oʻtkazilgan musobaqalarda gʻolib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga oʻzining va XIV(14)-asrgacha Oʻrta Osiyoda yashagan koʻplab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. Amir Temurning oʻzi bilan ham shatranj oʻynab turgan.

XX(20)-asrning 20-yillaridan Oʻzbekistonda shaxmatning zamonaviy qoidalari keng targʻib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Qoʻqon va boshqalar shaharlarda shaxmat toʻgaraklari ochildi. Azmiddin Xoʻjayev, Sergey Freyman, Poʻlat Saidxonov, Zokir Xoʻjayev kabilar shaxmatni targʻib etishda jonkuyarlik koʻrsatishdi. 1930-yildan erkaklar, 1935-yildan ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatlari oʻtkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng koʻp — 8 martadan chempion boʻlishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning Oʻzbekistonga kelib, maʼruzalar oʻqishi, bir yoʻla oʻyin (seans)lar oʻtkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmati rivojiga samarali taʼsir etdi. XX (20)-asrning 50-yillaridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulugʻbek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi shaxmat jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmat-shashka klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazila boshlandi, gazeta va jurnallarda shaxmat ruknlari, Oʻzbekiston televideniyesida shaxmat koʻrsatuvi ochildi, shaxmatga oid kitoblarni nashr etish yoʻlga qoʻyildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda gʻolib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat boʻyicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy Aʼzamov esa Oʻzbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster boʻldi (1984).

1992-yilda Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-oʻrinni egalladi, 1999-yilda esa Osiyo chempionatida gʻalaba qozondi. 1998-yilda Ibrohim Hamroqulov oʻsmirlar oʻrtasida jahon birinchiligida gʻolib chiqdi. Rustam Qosimjonov 1998-yilda Osiyoning birinchi, 2004-yilda esa jahonning 17-chempioni boʻldi.

Nufuzli musobaqalarda yuqori natijalar koʻrsatgani uchun FIDE Oʻzbekistonlik quyidagi shaxmatchilarimizga xalqaro grossmeyster unvonini berdi: Valeriy Loginov, Aleksandr Nenashev, Grigoriy Serper, Sergey Zagrebelniy, Saydali Yoʻldoshev, Aleksey Barsov, Mixail Saltayev, Rustam Qosimjonov, Rena Mamedova, Shuhrat Safin, Marat Jumayev, Dmitriy Qayumov, Timur Gareyev. Bir necha shaxmatchi va murabbiylar Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvoni va orden-medallari bilan mukofotlanishdi. Mamlakatda bolalar va yoshlar oʻrtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta eʼtibor berilyapti. shaxmat „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, universiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelishyapti. Hozirgi vaqtda Toshkent va viloyatlardagi shaxmatga ixtisoslashgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shaxmat klublari va toʻgaraklarida 268 murabbiy faoliyat koʻrsatyapti. Mamlakatimizda 7984 kishi (2320 nafari xotin-qizlar) shaxmat bilan bevosita shugʻullanishadi, ulardan 3220 nafari shaxmat razryad va unvonlariga ega[1].

FIDE tasnifi boʻyicha jahon chempionlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Muhitdinov M., Oʻzbekistonda shaxmatchilik, T., 1961;
  • Muhitdinov M., shaxmat — koni hikmat, T., 1994.

Pochta shaxmat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu shaxmatning bir turi bo'lib, raqiblar uzoq joylarda bo'lib, harakatlar elektron pochta orqali (ilgari xat orqali) uzatiladi. Javob vaqti kunlar bilan o'lchanadi va o'yinni bajarish uchun oylar yoki yillar kerak bo'lishi mumkin.

1951-yilda tashkil etilqan Xalqaro pochta shaxmat federatsiyasi (ICCF) [2] o'zining Olimpiya va jahon chempionatlarini shu uslub bilan tashkil quiladi.

Pochta shaxmat bo'yicha jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
#YillarChempionMillati
01.1950-1953Cecil PurdyAvstraliya bayrogʻi Avstraliya[3]
02.1956-1959Viacheslav RagozinRossiya bayrogʻi Rossiya [4]
03.1959-1962Alberic O'KellyBelgiya bayrogʻi Belgiya[5]
04.1962-1965Vladimir ZagorovskyRossiya bayrogʻi Rossiya [6]
05.1965-1968Hans BerlinerAQSH bayrogʻi AQSH[7]
06.1968-1971Horst RittnerOlmoniya bayrogʻi Germaniya[8]
07.1972-1976Yacob EstrinRossiya bayrogʻi Rossiya [9]
08.1975-1980Jorn SlothDaniya bayrogʻi Daniya[10]
09.1977-1983Tonu OimEstoniya bayrogʻi Estoniya [11]
10.1978-1984Vytas PalciauskasAQSH bayrogʻi AQSH[12]
11.1983-1989Fritz BaumbachOlmoniya bayrogʻi Germaniya[13]
12.1984-1991Grigory SanakoevRossiya bayrogʻi Rossiya [14]
13.1989-1998Mikhail UmanskyRossiya bayrogʻi Rossiya [15]
14.1994-2000Tonu OimEstoniya bayrogʻi Estoniya [16]
15.1996-2002Gert TimmernanNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya[17]
16.1999-2004Tunc HamaratAvstriya bayrogʻi Avstriya [18]
17.2002-2007Ivar BernNorvegiya bayrogʻi Norvegiya }[19]
18.2003-2005Joop van OosteromNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya[20]
19.2004-2007Christophe LeotardFransiya bayrogʻi Fransiya[21]
20.2004-2011Pertti LehikoinenFinlandiya bayrogʻi Finlandiya [22]
21.2005-2008Joop van OosteromNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya[23]
22.2007-2010Aleksandr DronovRossiya bayrogʻi Rossiya [24]
23.2007-2010Ulrich StephanOlmoniya bayrogʻi Germaniya[25]
24.2009-2011Marjan SemriSloveniya bayrogʻi Sloveniya [26]
25.2009-2013Fabio FinocchiaroItaliya bayrogʻi Italiya[27]
26.2010-2014Ron LangeveldNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya[28]
27.2011-2014Aleksandr DronovRossiya bayrogʻi Rossiya [29]
28.2013-2016Leonardo LjubicicXorvatiya bayrogʻi Xorvatiya [30]
29.2015-2015Aleksandr DronovRossiya bayrogʻi Rossiya [31]
30.2017-2019Andrey KochemasovRossiya bayrogʻi Rossiya [32]
31.2019-2022Fabian Stanach
Christian Muck
Ron Langeveld
Polsha bayrogʻi Polsha
Avstriya bayrogʻi Avstriya
Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
[33]
32.2020-2022Jon EdwardsAQSH bayrogʻi AQSH[34]

Pochta shaxmat olimpiadasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
#YillarOltin medalKumush medalBronza medal
01. (Wayback Machine saytida 2022-12-14 sanasida arxivlangan)1949-1952Vengriya bayrogʻi Vengriya ChexoslovakiyaShvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
02. (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan)1952-1955ChexoslovakiyaShvetsiya bayrogʻi ShvetsiyaOlmoniya bayrogʻi Germaniya
03. (Wayback Machine saytida 2022-12-14 sanasida arxivlangan)1958-1961Sovet IttifoqiVengriya bayrogʻi Vengriya Yugoslaviya
04. (Wayback Machine saytida 2022-09-21 sanasida arxivlangan)1962-1964Sovet IttifoqiDemokratik GermaniyaShvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
05. (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan)1965-1968ChexoslovakiyaSovet IffifoqiFederal Germaniya
06. (Wayback Machine saytida 2022-09-21 sanasida arxivlangan)1968-1972Sovet IttifoqiChexoslovakiyaDemokratik Germaniya
07. (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan)1972-1976Sovet IttifoqiBolgariya bayrogʻi Bolgariya Britaniya
08. (Wayback Machine saytida 2022-09-21 sanasida arxivlangan)1977-1982Sovet IttifoqiVengriya bayrogʻi Vengriya Britaniya
09. (Wayback Machine saytida 2022-12-14 sanasida arxivlangan)1982-1987BritaniyaFederal GermaniyaSovet Ittifoqi
10.1987-1995Sovet IffifoqiAngliya bayrogʻi AngliyaDemokratik Germaniya
11.1992-1999Chexoslovakiya
Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Kanada bayrogʻi Kanada
Shotlandiya bayrogʻi Shotlandiya
12.1998-2004Olmoniya bayrogʻi GermaniyaLitva bayrogʻi Litva Latviya bayrogʻi Latviya
13.2004-2009Olmoniya bayrogʻi GermaniyaChexiya bayrogʻi Chexiya Polsha bayrogʻi Polsha
14.2002-2006Olmoniya bayrogʻi GermaniyaLitva bayrogʻi Litva AQSH bayrogʻi AQSH
15.2006-2009Norvegiya bayrogʻi Norvegiya Olmoniya bayrogʻi GermaniyaNiderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
16.2010-2016Chexiya bayrogʻi Chexiya Olmoniya bayrogʻi GermaniyaFransiya bayrogʻi Fransiya
17.2009-2012Olmoniya bayrogʻi GermaniyaIspaniya bayrogʻi Ispaniya Italiya bayrogʻi Italiya
18.2012-2016Olmoniya bayrogʻi GermaniyaSloveniya bayrogʻi Sloveniya Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
19.2016-2021Bolgariya bayrogʻi Bolgariya Olmoniya bayrogʻi GermaniyaChexiya bayrogʻi Chexiya
Polsha bayrogʻi Polsha
20.2016-2019Olmoniya bayrogʻi GermaniyaRossiya bayrogʻi Rossiya Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
21.2020-2023Olmoniya bayrogʻi GermaniyaLyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg AQSH bayrogʻi AQSH