Sambo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Sambo (ruschadan „qurolsiz oʻzini himoya qilish“) — sport kurashi turi. Unga kurashning milliy turlaridagi eng samarali usullar asos kilib olingan. 20-asrning 30y.larida SSSRda paydo boʻlgan. Samboning sport (kurash) va jangovar turlari mavjud. S kurashida kurashchilar maxsus belbogʻli kalta yaktak kiyadilar. Samboda rakibining koʻl va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qoʻliga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. Samboda oʻz oyogʻida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki ogʻrituvchi usul qoʻllanganda raqib oʻzini magʻlubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar boʻyicha farq 12 taga yetsa, rakib man etilgan usulni qoʻllab jazolansa sof gʻalaba qayd qilinadi. Rakiblardan biri sof gʻalabaga erisha olmasa, olishuv natijasi sportchilarning toʻplagan ballariga karab aniklanadi. Jangovar samboda kurashchilar boshga shlem, qoʻllariga barmoqlari ochiq qoʻlqop kiyib, ogʻizga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobakalashadilar. Jangovar samboda tepish, urish, ogʻrituvchi usullar koʻllash va boʻgʻish mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda oʻtkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9 diametrli boʻlishi kerak. Kurash tanaffussiz 4—5 min. davom etadi. Samboning sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortik: kizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; oʻsmir oʻgʻil bolalar (16—18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortik; oʻsmir kizlar (16—18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va sambo ning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. Sambo boʻyicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985-yil tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat aʼzo. 1980-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1973-yildan samboning sport turi boʻyicha, 2001-yildan jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi. Oʻzbekiston sambo federatsiyasi 1964-yil tuzilgan. Ayol sambochilarning federatsiyasi dunyoda faqat Oʻzbekistonda tashkil etilgan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga aʼzo boʻlib kirgan. 1971-yil Toshkentda xalqaro turnir, 1972-yil 1Yevropa chempionati, 1998, 2001 va 2002-yilda esa oʻsmirlar, yoshlar va erkaklar oʻrtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003-yillarda ilk bor ayollar sambo yulduzlarining jahon chempionati musobaqalari oʻtkazilgan. Oʻzbekiston sambo terma jamoasi jahon chempionatida 1-oʻrinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha marta jamoa hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va oʻsmirlar) gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Sambo boʻyicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo sambo federatsiyasining prezidenti (2001-yildan), xalqaro toifadagi sport ustasi Fazliddin Poʻlatov vitseprezidenti va Osiyoda sambo kurashini rivojlantirish qoʻmitasi raisi (2003-yildan) hisoblanadi. Sobir Kurbonov, Sayfiddin Xodiyev, Bobomurod Fayziyev (2 martadan), Shuhrat Xoʻjayev, Akobir Qurbonov, faxriylar oʻrtasida esa Fazliddin Poʻlatov, Oʻrol Jumaniyozov, Oston Choʻliyev (2 martadan) jahon chempioni boʻlishgan. Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar sambo bilan muntazam shugʻullanadilar. Respublika oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar sport mahorati maktablari, shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida sambo kurashi boʻlimlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil