Kontent qismiga oʻtish

Namangan (telekanal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan
Namangan viloyat teleradiokompaniyasi
Namangan viloyat teleradio kompaniyasi binosi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti 18 soat
Namoyish hududi Namangan viloyati
Til(lar)i asosan oʻzbekcha
Boshqaruv markazi Namangan shahar, Oynai jahon ko`chasi, 1-uy.
Mazmuni universal
Efirga chiqqan 1990-yil 18-oktyabr
Asoschisi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Egasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Aloqador telekanallar Oʻzbekiston MTRK kanallari
Sayt www.mtrk.uz

Namangan (toʻliq nomi:Namangan teleradio kompaniyasi) – Namangan viloyatida 1990-yil 18-oktyabrda tashkil etilgan teleradio kompaniya[1]. Teleradio kompaniya Oʻzbekistonning universal mazmundagi davlat hududiy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan teleradio kompaniyasi 1990-yil 18-fevraldan tajriba-sinov koʻrsatuvlarni efirga uzatishni boshlagan. Kanal tashkil topgan yili anchagina kuchsiz edi. Kompaniya tashkil etilgan yili oʻz ishini oʻsha paytdagi „Magnoliya“ rusumli koʻchma televizion stansiya hamda „KT – 132“ markali 3 ta telekamera bilan ish boshlagan[2]. Teleradio kompaniyaning moddiy texnik bazasi mustaqillikning dastlabki yillaridan yaxshilangan. 2000-yilda Namangan teleradio kompaniyasi uchun 504 million soʻm evaziga yangi teleradio kompaniya uchun telemarkaz qurib bitkazilgan. Yangi teleapparaturalar bilan jihozlangan, optik tolali uzatkichlar oʻrnatilgan, efir sifati yaxshilangan, tasvirni raqamli va analog signalda qabul qilish imkoni yaratilgan, efir vaqti uzaytirilgan. Bu telemarkazda 2007-yil 1-yanvar oyidan 2012-yil 1-yanvariga qadar efirlar 12 soatdan efirga uzatilib kelgan, xozirda esa kanalda 18 soat davomida efir olib boriladi.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida berib boradi. Telekanal yoʻnalishi universal.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xususiy telekanallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat telekanallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Namangan TV tashkil etilishi“. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  2. „Namangan MTRK tarixi“. Qaraldi: 30-may 2024-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]