BIZ TV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Unbalanced scales.png Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasini koʻring.
BIZ TV
BIZ onlayn teleradiokanali logotipi
BIZ onlayn teleradiokanali logotipi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti kunu-tun
Til(lar)i Oʻzbek tili
Boshqaruv markazi Toshkent shahri
Tasvir formati 480p, 720p, 1080p
Mazmuni madaniy-koʻngilochar
Efirga chiqqan 27-iyun 2020
OAV guvohnomasi №1349, №1350
Rahbarlari Jaloliddin Mirzayev
Aloqador telekanallar BIZ Cinema, BIZ Music, Cheksiz TV
Telekanal ovozi Jaloliddin Mirzayev
Shiori BIZ butun dunyodagi o'zbeklarni birlashtiramiz.
Sayt biztv.uz

BIZ TV — 2020-yilning 27-iyunida oʻz faoliyatini boshlagan[1][2][3][4] madaniy-koʻngilochar yoʻnalishdagi televizion kanal.

Bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan tashkil etilgan BIZ TV, BIZ Music, BIZ Cinema onlayn telekanallari va BIZ FM onlayn radiosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan.[manba kerak]

Teleradiokanal madaniy-koʻngilochar yoʻnalishda boʻlib, asosiy auditoriya xorijdagi oʻzbekistonliklar hisoblanadi. Dasturlar jadvalidan rang-barang koʻrsatuvlar, dunyo boʻylab istiqomat qiluvchi oʻzbekistonliklarning bugungi turmush tarzi, yutuq va muvaffaqiyatlari, hayotiy tajribalarini aks ettiruvchi dasturlar, motivasion telemahsulotlar, milliy kino, serial va musiqalar oʻrin olgan.[manba kerak]

Otabek Mahkamov BIZ TV onlayn teleradiokanalining AQShdagi elchisi hisoblanadi. AQShdagi oʻzbekistonliklar hayotini yoritib, hamkorlik loyihalarini amalga oshiradi va turli formatdagi media-mahsulotlarni telekanalga taqdim etadi.[5]

Tomoshabinlarga qulaylik yaratish, xorijdagi oʻzbekistonliklar hayoti haqida yurtimizda istimoqat qilayotgan insonlarga ham tanishish imkoniyatini taqdim etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida UzCable, UzDigital, All Play, ITV, MediaBay, Beeline TV, Mobi TV kabi kabel studiyalari va onlayn platformalar orqali efirga uzatish boʻyicha muzokaralar davom etmoqda.[6]

Manbalar[tahrir]