Sayyid Mir Kulol me’moriy majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayyid Mir Kulol meʼmoriy majmuasi
Muqobil nomlari Sayyid Mir Kulol meʼmoriy majmuasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi majmua
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XV asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Sayyid Mir Kulol meʼmoriy majmuasi — Buxoro viloyati Kogon tumani Suxor qishlogʻida qurilgan meʼmoriy majmua (XV asr[1]). Mazkur majmuada Sayyid Mir Kulol qabri, masjid, minora, tahoratxona va hovuz joylashgan. Sayyid Mir Kulol majmuasi Buxoro shahridan 25 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, xojagon tariqatining oltinchi piri Amir Kulol (1281—1370) maqbarasi joylashgan[2]. Maqbarada joylashgan gumbaz atrofida kufiy xatida „Mulk Xudonikidir“ degan yozuv mavjud[3]. Maqbaradagi qabrtosh „Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi“ jamgʻarmasi harakati bilan oʻrnatilgan. Maqbara ichki qismini bezatishda Gretsiyadan keltirilgan oq marmar toshdan, ichki qismida esa Gʻazgʻon konidan olib kelingan marmarlar esa qabr ustiga qoʻyilgan. Qabrtosh nastaqil xatida yozilgan va ikki tomonida suls xatida oʻng tomonida Qur’oni karimning „Fotir“ surasi 28 oyati, chap tomoninda esa „Yunus“ surasi 62 oyati naqsh bilan bitilgan[4]. Sayyid Mir Kulol meʼmoriy majmuasi joylashgan qishloqning sharqiy tomonida 41 zinapoyali Mir Kulol jomeʼ masjidi boʻlgan ammo 1937-yilda buzib tashlangan. Mustaqillik yillarida majmuada qayta Jomeʼ masjidi bunyod etilgan. 1995-yilda Sayyid Mir Kulol majmuasida joylashgan maqbara 1995-yilda pokistonlik shayx Maʼruf homiyligida qayta qurilgan. Buxoro viloyati Samoyiddin Husenov tashabbusi bilan majmuada 1197-yil taʼmirlash ishlari boshlanib, 1998-yilda yakunlangan. Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2007-yilda majmuada qayta qurish ishlari boshlanadi va yakunlanadi. Ushbu ziyoratgohda qoʻsh gumbazli maqbara, kirish darvozasi, oshxona, tahoratxona, minora, hovuz va bogʻ barpo qilingan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Ражабов 2016, s. 191.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 244.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 247.
  4. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар 2011, s. 248.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ражабов Қ, Иноятов С.. Бухоро тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2016 — 460 bet. ISBN 978-9943-24-119-0. 
  • Каримова Г., лойиҳа муаллифи, таржима ва изоҳлар муҳаррирлари Б. Бобожонов, К. Рахимов. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар. Тошкент: Ўзбекистон нашриёти, 2011 — 564 bet. ISBN 978-9943-01-716-0.