Sayan togʻlari
Sayan togʻlari - Janubiy Sibir togʻlarining oʻrta qismida joylashgan togʻ oʻlkasi. S. 2 togʻ sistemasi: Gʻarbiy Sayan va Sharqiy Sayanga boʻlinadi. Krasnoyarsk oʻlkasi, Irkutsk viloyatining janubiy, Tuva va Buryatiya Respublikasining shimolidagi hududni egallaydi. Oʻzaro parallel choʻzilgan bir necha tizmadan iborat. Tizmalar orasida botiqlar mavjud. Tizmalarning balandligi shimolida 500 m, janubida 900 m va oʻrta qismida 2500–3000 m va undan ham baland (Munku—Sardik togʻlarining eng baland joyi 3491 m).
Gʻarbiy Sayan shimoli-sharqiy yoʻnalishda taxminan 650 km ga choʻzilgan va Kazir va Ud a daryolari boshlanadigan joyda Sharqiy Sayanga tutashadi. Sharqiy Sayan Yenisey daryosining chap sohili, Krasnoyarsk sh.dan janubi-gʻarbroqdan boshlanadi va 1000 km uzunlikdan janubi-sharq tomonga choʻziladi va Tunka botigʻi orqali Baykalboʻyi va Baykalorti togʻlaridan ajraladi. Gʻarbiy Sayan va Sharqiy Sayan tutashgan joydan gʻarbda ChulimYenisey va Minusinsk, janubida esa Tuva va Tojin soyliklari joylashgan. 2000 m balandlikda togʻ taygasi tarqalgan va chuqur daralar bilan kesilgan. 25003000 m balandliklarda togʻ yon bagʻirlari juda tik, kuchli parchalangan va kad. muzliklar qoldiqlari (karr, morena yotqiziqlari, troglar) mavjud. Sharqiy Sayanning gʻarbiy qismi tekis yuzalardan (Man, Kan va boshqalar) iborat boʻlib, ularni yezda ham qor qoplab turganligi sababli "Belogorye" deb ataladi.
St. Gʻarbiy Sibir kaledon burmalanishi davrida shakllangan va, asosan, paleozoy davri slanetslari, qumtoshlar va vulkanogen togʻ jinslaridan tashkil topgan. St. hozirgi balandligiga neogenning oxiri va toʻrtlamchi davrda sodir boʻlayotgan yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan. Bu davrda Sharqiy Sayanda vulkanlar otilgan va ularning konuslari (Kropotkin, Peretolchin) saqlanib krlgan. Toʻrtlamchi davrda St.ning katta qismi 2 marta muzlik bilan krplangan. Hozirgi zamon muzliklari ham uchraydi.
Sayan togʻlarida temirli kvarsit, temir va mis rudalari, boksit, oltin, grafit, asbest, mineral va termal suvlar kabi foydali qazilmalar bor. Ikdimi keskin kontinental, kishi sovuq, uzoq davom etadi, yozi qisqa. Togʻlarning yon bagʻirlarida yanvarning oʻrtacha temperaturasi —20° ga yaqin, tog oraligʻidagi botiqlarda —30°, iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻlarda 10—12°, botiklarda 20—27°. Yillik yogʻin togʻlarning shimoliy yon bagirlarida 700–1200 mm, botiklarda esa 250– 300 mm. S.tda koʻp yillik muzloklar keng tarqalgan. Asosiy daryolari: Yenisey, uning irmoklari (Abakan, Guba, Kantegir, Kazir, Man, Kan, Biryusa va boshqalar).
St.ning 60% hududida tog taygasi oʻsimliklari, togʻ oraligʻidagi botiklarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Baland qismida alp, subalp oʻtloklari vatogʻ tundrasi uchraydi. Oʻrmonlarda los, maral, yelik, qoʻngʻir ayiq, olmaxon, qobon, quyon, tulki; qushlardan bulduruq, karqur va boshqa, soyliklarda kemiruvchi (uzun dumli yumronqoziq, sassiqkoʻzan va boshqalar) koʻp, daryolarida baliqlar (harius, taymen va boshqalar) bor. St. tabiiy resurslar (gidroenergiya, oʻrmon, yaylov va boshqalar)ga boy.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |