Oʻtloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtloq, oʻtzor — turli oʻt, koʻp yillik, tabiiy oʻsimlik aralashmalari, asosan, mezofil oʻtlar oʻsadigan maydonlar. Oʻ.lardan pichanzor va yaylovlar sifatida foydalaniladi. Oʻ.lar nam yerlarda, oʻtlar oʻsishi uchun qulay va boshqalar oʻsimlik turlari (daraxt va butalar) uchun noqulay boʻlgan sharoitda vujudga keladi. Oʻlarni inson faoliyati natijasida, mas, choʻllarni oʻzlashtirib (sugʻorib) ham barpo etish mumkin. Ular kelib chiqishi, yoshi, fitotseno. zi, oʻsimliklarning oʻsish sharoiti, hosili boʻyicha turlicha boʻladi. Maysazor va chim hosil boʻlish barcha Oʻ.larga xos. Materik, qayir hamda togʻ Oʻ.lari farqlanadi. Materik Oʻ.lar tekisliklarda joylashgan boʻlib, suvsiz (tekislik va qiyaliklarda faqat yogʻin suvlari hisobiga oʻsadigan) hamda yer osti suvi yuza boʻlgan pastlik Oʻ.larga ajraladi. Qayir Oʻ.lar tundradan choʻlgacha; oʻrmon va oʻrmonchoʻl zonalarida tarqalgan. Materik Oʻ.larga nisbatan turlituman va serhosil. T o gʻ Oʻ.lari nam va issiq iqlimli togʻli rayonlarda hamda oʻrmon mintaqasida (subalp va alp Oʻ.lari) tarqalgan. Subalp Oʻ. laridan serhosil pichanzor va yaylov sifatida foydalaniladi.

Oʻ.larning jahondagi umumiy maydoni taxminan 150—200 mln.ga. Oʻ.li katta maydonlar Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil mintaqasi (asosan, Rossiya va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari)da, shuningdek, Yangi Zelandiyada joylashgan. Oʻ.lardan tobora koʻproq foydalanilmoqda: ekma Oʻ.lar maydoni kengaytirilmoqda (oʻgʻitlar solinib, sugʻurilmoqda), bir oʻrimli Oʻ.lar ikki va koʻp oʻrimli Oʻ.larga va madaniy yayyaovlarga aylantirilmoqda.

Halima Otaboyeva.