Krasnoyarsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Krasnoyarsk - RFdagi shahar, Krasnoyarsk oʻlkasi markazi, Yenisey daryosidagi port. Krasnoyarsk tuguni. Aholisi 875,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlik ("Sibtyajmash" ishlab chiqarish birlashmasi bor; gʻalla oʻrish kombayni ishlab chiqariladi), kimyo (sintetik kauchuk, shin zavodlari va boshqalar), metallurgiya (alyuminiy, "Sibelektrostal" zavodlari), yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, sellyuloza-qogʻoz kti bor. 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, 4 universitet), Rossiya FA Sibir boʻlimining ilmiy markazi, 5 teatr (shu jumladan, opera va balet, teatri), oʻlkashunoslik muzeyi, V. I. Surikov uy-muzeyi, badiiy galereya mavjud. K.ga 1628 yil is-teqkom sifatida asos solingan. K. yaqinida Krasnoyarsk GES, "Stolbi" ("Tosh ustunlari") qoʻriqxonasi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil