Xariuslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xariuslar (Thymallidae) - losossimon baliqlar turkumining oilasi. Uz. 25—30 sm, vazni 500 g , baʼzan undan ortiqroq. Tanasi qalin tangachalar bilan qoplangan. Orqa suzgichi uzun, koʻpincha chiroyli rangli. Yon chiziqlari, jagʻlari rivojlangan. Yevropa, Shim. Osiyo va Shim. Amerika daryolarida yashaydi. 1 urugʻi 6 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo daryolarida uchramaydi. Odatda, tubi shagal toshli daryolarda tarqalgan. Hasharotlar va ular lichinkasi, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, mayda balikdar bilan oziklanadi. 3— 4 yilda voyaga yetadi. May — iyunda shagʻal toshli suv tubiga 3—36 ming uvildiriq tashlaydi. X. mahalliy aholi tomonidan va sport maqsadida ovlanadi.